Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida
modda. Bojxona organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Download 63.8 Kb.
|
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)
modda. Bojxona organlari faoliyatining asosiy prinsiplariBojxona organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, ochiqlik va shaffoflik, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilishdan iboratdir. modda. Bojxona organlarining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan hamkorligiBojxona organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar bojxona organlarining o‘z faoliyatini amalga oshirishida, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga qarshi kurashishida ularga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shart. (5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Bojxona organlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi elektron axborot almashinuvidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. Bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar ularning qonuniy talablari bo‘yicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bepul asosda taqdim etiladi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-avgustdagi 617-son qarori bilan tasdiqlangan “Berilgan bojxona imtiyozlaridan maqsadli foydalanilishini kameral nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining o‘zaro hamkorligi mexanizmi to‘g‘risida”gi nizom. Download 63.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling