Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida


modda. Jismoniy kuch ishlatish


Download 63.8 Kb.
bet7/25
Sana16.06.2023
Hajmi63.8 Kb.
#1497670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)

modda. Jismoniy kuch ishlatish


Agar kuch ishlatilmaydigan usullar bojxona organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida:
bojxona organlarining qo‘riqlanadigan obyektlarini, o‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalarni, transport vositalarini egallab olishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yish uchun;
fuqaroga yoki bojxona organining xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlash, olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlash uchun, shuningdek uning qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
bojxona organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatishni bartaraf etish uchun jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
    1. modda. Maxsus vositalarni qo‘llash


Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida maxsus vositalarni: xonalarni ochib kirish va transport vositalarini majburiy to‘xtatish qurilmalarini, qo‘lkishanlarni, rezina tayoqlarni, ko‘zdan yosh oqizuvchi moddalarni, shuningdek boshqa maxsus vositalarni va texnikani qo‘llash huquqiga quyidagi hollarda ega bo‘ladi:
fuqarolarga yoki bojxona organlarining xodimlariga qilingan hujumni qaytarish uchun; bojxona organlariga tegishli yoki ularning foydalanishida bo‘lgan xonaga, binoga (imoratga,
inshootga), transport vositasiga, bojxona nazorati ostidagi tovarlarga va transport vositalariga qilingan hujumni qaytarish, xuddi shuningdek ushbu obyektlar egallab olingan taqdirda, ularni ozod qilish uchun;
bojxona organi xodimiga ko‘rsatilayotgan jismoniy qarshilikni bartaraf etish uchun;
huquqbuzarlarni ushlash, ularni bojxona organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish uchun, agar mazkur shaxslar jismoniy yoki o‘zgacha qarshilik ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
transport vositasini to‘xtatish uchun, agar mazkur transport vositasi bojxona ishi sohasidagi huquqbuzarlik obyekti ekanligi xususida asoslar mavjud bo‘lsa.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi va (yoki) fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno.
Odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlari xodimlari bojxona nazoratini amalga oshirishda maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkin.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Bojxona organlari xodimlari qo‘llaydigan maxsus vositalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

    1. Download 63.8 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling