Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida
Download 63.8 Kb.
|
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)
(16-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Bojxona organlarining katta ofitserlar tarkibigacha bo‘lgan maxsus unvonlar, shu jumladan katta ofitserlik unvonlari ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan beriladi. Oldingi tahrirga qarang. Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo‘yicha ko‘p yillik stajga va ish (xizmat) tajribasiga ega bo‘lgan fuqarolarni bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash chog‘ida ularga birinchi unvon sifatida “bojxona xizmati mayori” maxsus unvonigacha bo‘lgan unvon, shu jumladan “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni ham berilishi mumkin. (16-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki uning roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga bojxona organlaridagi xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni bo‘lmagan shaxslarga “bojxona xizmati polkovnigi” maxsus unvonigacha bo‘lgan unvon, shu jumladan “bojxona xizmati polkovnigi” unvoni ham berilishi mumkin. (16-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. “Bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvoni quyidagilarga beriladi: (16-modda o‘ninchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan, birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikni muvaffaqiyatli o‘tagan shaxslarga; (16-modda o‘ninchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) bojxona organlarining serjantlar tarkibidan ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan shaxslarga; Oldingi tahrirga qarang. Bojxona instituti bitiruvchilariga. (16-modda to‘qqizinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22- maydagi O‘RQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son) Bojxona organlari generallar tarkibining maxsus unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Maxsus unvonda xizmatni o‘tash uchun quyidagi muddatlar belgilanadi: Oldingi tahrirga qarang. bojxona xizmati kichik serjanti — ikki yil; bojxona xizmati serjanti — ikki yil; bojxona xizmati katta serjanti — muddatsiz; bojxona xizmati leytenanti — ikki yil; bojxona xizmati katta leytenanti — ikki yil; bojxona xizmati kapitani — uch yil; bojxona xizmati mayori — to‘rt yil; bojxona xizmati podpolkovnigi — besh yil. (16-modda o‘n ikkinchi qismining ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Download 63.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling