Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida


-bob. Yakunlovchi qoidalar 33-modda. Bojxona organlarining ramzlari


Download 63.8 Kb.
bet24/25
Sana16.06.2023
Hajmi63.8 Kb.
#1497670
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)

6-bob. Yakunlovchi qoidalar 33-modda. Bojxona organlarining ramzlari


Bojxona organlari bayroq hamda farqlash belgisiga ega bo‘lishi mumkin.
Bojxona organlarining bayrog‘i hamda farqlash belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
  1. modda. Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti


Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlarida budjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etilishi mumkin.
Bojxona organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus transport vositalaridan, shu jumladan bojxona organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug‘lik signallariga va tovushli signallarga, bo‘yoqli rangli grafik sxemaga ega bo‘lgan transport vositalaridan, shuningdek boshqa maxsus vositalardan foydalanadi.
Bojxona organlarining moddiy-texnika va transport ta’minotidan foydalanishi tartibi, shuningdek ularning normalari hamda limitlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
  1. modda. Xalqaro hamkorlik


Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning bojxona organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘z vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradi.
(35-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

  1. Download 63.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling