modda. Bojxona organlari xodimlarining davlat sug‘urtasi
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
modda. Bojxona organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bojxona organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek halok bo‘lganlarning oilalariga bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyundagi 459-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok bo‘lgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga ularni bojxona organlaridagi xizmatga va Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |