Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida


-bob. Bojxona organlari xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish 24-modda. Bojxona organlari xodimlarini huquqiy himoya qilish kafolatlari


Download 63.8 Kb.
bet20/25
Sana16.06.2023
Hajmi63.8 Kb.
#1497670
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)

5-bob. Bojxona organlari xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish 24-modda. Bojxona organlari xodimlarini huquqiy himoya qilish kafolatlari


Bojxona organi xodimi davlat organi vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasida bo‘ladi.
Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida o‘zining to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita boshlig‘iga bo‘ysunadi.
Hech kim bojxona organlari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashish, qonun bilan ularning zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majbur qilish huquqiga ega emas, bundan ushbu vakolatlar qonun bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan shaxslar mustasno.
Bojxona organi xodimi qonunga amal qilishi shart, qonunga zidligi aniq bo‘lgan buyruq yoki farmoyish olganda uni bajarishni rad etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlari xodimlari o‘z ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallarning mohiyati bo‘yicha biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar va materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.
(24-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona organlarining xodimlari o‘ziga nisbatan qabul qilinayotgan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) yuzasidan yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Xizmat majburiyatlarini bajarayotgan bojxona organi xodimining o‘z vakolati doirasida qo‘yilgan qonuniy talablari barcha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Bojxona organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, ularga qarshilik ko‘rsatish, tahdid, zo‘rlik qilish yoki o‘z xizmat majburiyatlarini amalga oshirishi munosabati bilan ularning hayotiga, sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bojxona organlari xodimlarining qonuniy talablari yuzasidan shikoyat qilinishi ushbu talablarning bajarilishini to‘xtatib turmaydi.

  1. Download 63.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling