Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida
modda. Bojxona organi xodimining boshqa organlar va tashkilotlarga saylanishidagi (tayinlanishidagi, yuborilishidagi) kafolatlar
Download 63.8 Kb.
|
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)
modda. Bojxona organi xodimining boshqa organlar va tashkilotlarga saylanishidagi (tayinlanishidagi, yuborilishidagi) kafolatlarOldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning buyrug‘i bo‘yicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi o‘z majburiyatlarini bajarish davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda kadrlar zaxirasi deb yuritiladi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona organlaridagi pul ta’minoti saqlanmagan holda kiritiladi. (20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organining xodimi saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur xodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oxirgi lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek xizmat yillari uchun ustama va maxsus unvon bo‘yicha maosh to‘laydi. (20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy ta’lim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi. (20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida sanab o‘tilgan bojxona organlari xodimlariga maxsus unvonlar oxirgi egallagan lavozimidan qat’i nazar beriladi. Majburiyatlarni bajarish (o‘qish) davri bojxona organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat yillariga ustama to‘lash, pul ta’minoti (lavozim maoshi va maxsus unvon bo‘yicha maoshi summasidan iborat bo‘lgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun bojxona organlaridagi xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi. (20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan bojxona organlari xodimlari xizmatdan bo‘shatilganda, shuningdek ularning oila a’zolari bojxona organlaridan bo‘shatilgan xodimlar bilan teng huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi. (20-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Bojxona organlariga qaytgan bojxona organining xodimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan kadrlar zaxirasidan chiqariladi va avvalgi lavozimiga, teng yoki yuqoriroq lavozimga tayinlanadi. Download 63.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling