Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida


modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik


Download 63.8 Kb.
bet2/25
Sana16.06.2023
Hajmi63.8 Kb.
#1497670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)

modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik


O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
  1. modda. Bojxona organlarining asosiy vazifalari


Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish; bojxona to‘lovlarini undirish;

Oldingi tahrirga qarang.
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etish;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini o‘tkazishda valyuta to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;
fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish;
bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo‘llash;
bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash.

  1. Download 63.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling