Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida
-bob. Bojxona organlari, ularning huquq va majburiyatlari
Download 63.8 Kb.
|
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)
2-bob. Bojxona organlari, ularning huquq va majburiyatlarimodda. Bojxona organlari Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent- AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, bojxona postlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti (bundan buyon matnda Bojxona instituti deb yuritiladi), shuningdek Milliy kinologiya markazi bojxona organlaridir. (6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi O‘RQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son) Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lgan yuridik shaxslardir. Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. Bojxona organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi va cheklangan shtatlari soni, bojxona postlarining toifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom. Bojxona organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi zarur hollarda bojxona organlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtatlari soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartishlar kiritishga haqli. (6-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Bojxona postlari tarkibida bojxona punktlari tashkil etilishi mumkin. Bojxona punktlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. Download 63.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling