Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida


modda. Bojxona organlarining huquqlari


Download 63.8 Kb.
bet5/25
Sana16.06.2023
Hajmi63.8 Kb.
#1497670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)

modda. Bojxona organlarining huquqlari


Bojxona organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ma’lumotlar va hujjatlarni tekshirish, og‘zaki so‘rov
o‘tkazish, axborot olish, bojxona ko‘zdan kechiruvini, bojxona ko‘rigini va shaxsiy ko‘rikni o‘tkazish, shuningdek binolar, hududlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish;
tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan so‘ng jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini hamda ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona auditini amalga oshirish;
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147- son)
banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash va olish;
bojxona nazoratini o‘tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namunalar va nusxalar olish;
bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo‘lgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qo‘yish;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish; huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishni amalga oshirish; maxsus ruxsatnomalar va litsenziyalar berish;
bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va nazoratning texnik vositalaridan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash maqsadida mutaxassisni yoki ekspertni jalb etish;
(7-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmatlar ko‘rsatish;
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuniga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

  1. Download 63.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling