Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida
Download 63.8 Kb.
|
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)
Oldingi tahrirga qarang.
“Bojxona xizmati polkovnigi” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmatni o‘tash muddatlari belgilanmaydi. (16-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. Navbatdagi maxsus unvonlar ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismi bilan belgilangan xizmat muddatini o‘tagan bojxona organlari xodimlariga, ular egallab turgan lavozim bo‘yicha nazarda tutilgan unvonga muvofiq beriladi. (16-moddaning o‘n to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Tegishli maxsus unvonda bo‘lishning belgilangan muddati o‘tgan bojxona organi xodimi ilgari egallab turgan lavozimidan yuqori maxsus unvonni nazarda tutadigan lavozimga o‘tkazilayotganda navbatdagi maxsus unvonni berish uchun taqdim etiladi. Bojxona organi xodimining maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar o‘tagan xizmat muddati navbatdagi unvonni berish muddatiga qo‘shilmaydi. Xizmat majburiyatlarini namunali bajarayotgan, xizmat burchini bajarishda fidoyilik va qahramonlik ko‘rsatgan bojxona organlari xodimlariga bojxona organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan ilgari berish tarzida yoki egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berish tarzida rag‘batlantirish chorasi ularning bojxona organlaridagi butun xizmati davrida faqat bir marotaba qo‘llanilishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida muddatidan ilgari maxsus unvon hamda egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir pog‘ona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Pensiya olish huquqini, shuningdek navbatdagi maxsus unvonni berish imkonini beradigan xizmat yillariga ega bo‘lgan, egallab turgan lavozimi bo‘yicha eng yuqori maxsus unvoni “bojxona xizmati kapitani” etib belgilangan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga xizmatdan bo‘shatish bilan bir vaqtda “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni berilishi mumkin. (16-moddaning o‘n to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Bojxona organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlarni berish quyidagi hollarda kechiktiriladi: xodim O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ixtiyorida bo‘lganda; xodimda amaldagi intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lganda; xodim navbatdagi attestatsiyadan shartli ravishda o‘tganida; xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda; xodim egallab turgan lavozimidan intizomiy jazo chorasi sifatida ozod etilganda va boshqa lavozimga o‘tkazilganda — lavozimidan ozod etilgan kundan e’tiboran bir yil davomida. Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berilishi mumkin. Bunda pasaytirish “bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvonigacha amalga oshirilishi mumkin. Maxsus unvonni pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berish faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi. (16-moddaning yigirma birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Bojxona organi xodimining avvalgi unvoni tiklanguniga va unga navbatdagi unvon berilguniga qadar maxsus unvonni takroran pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Maxsus unvoni pasaytirilgan bojxona organi xodimining avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, unvoni pasaytirilgan kundan e’tiboran bir yil o‘tgach O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tiklanishi mumkin. Bojxona organlarining generallar tarkibidagi xodimlarining maxsus unvonlarini pasaytirish va tiklash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus unvoni pasaytirilgan va so‘ngra tiklangan bojxona organi xodimining maxsus unvondagi xizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar o‘tgan xizmat muddati bilan qo‘shib hisoblanadi. Yuqori yoki teng lavozimga vazifani bajaruvchi etib tayinlangan bojxona organlari xodimlariga ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanguniga qadar egallab turgan lavozimiga muvofiq maxsus unvonlar beriladi. Bojxona organlari xodimlari ilgari egallab turgan lavozimlarning shtat jadvalidagi o‘zgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvonlar ko‘tarilishi yoki pasaytirilishi) ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanganidan yoki o‘qishga kirganidan so‘ng inobatga olinmaydi. Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud bo‘lishini nazarda tutuvchi o‘zga organlardan bojxona organlaridagi xizmatga o‘tkazilgan shaxslarga maxsus unvonlar, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan beriladi. Bojxona organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni berishda avvalgi ish joyidagi unvonda xizmatni o‘tagan davri inobatga olinadi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi yoki roziligi asosida bojxona organlaridagi xizmatga generallar tarkibidagi lavozimga yuborilgan, shuningdek bojxona organlaridagi xizmatga boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud bo‘lishini nazarda tutuvchi boshqa organlardan o‘tkazish tartibida o‘tkazilgan shaxslarga xizmat qilgan yillari uchun foizli ustamani belgilashda avvalgi ish joyidagi xizmat yoki mehnat staji (foizli ustamani to‘lash uchun belgilangan) inobatga olinadi hamda bojxona organlaridan bo‘shatilgan taqdirda pensiya tayinlash chog‘ida mazkur davr umumiy xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi. (16-moddaning o‘ttizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Maxsus unvonni qayta tiklash to‘g‘risida sudning qarori qabul qilingan bo‘lsa, maxsus unvon O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tiklanadi. Download 63.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling