Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida
modda. Bojxona organlarining xodimlari
Download 63.8 Kb.
|
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)
modda. Bojxona organlarining xodimlariBojxona organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bojxona organining xodimidir. Bojxona organlari xodimlarining formali kiyim-bosh namunalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bojxona organi xodimiga xizmat guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi. Bojxona organining xodimi xizmatni o‘tash davrida siyosiy partiyalar a’zosi bo‘la olmaydi. 15-modda. Bojxona organi xodimining qasamyodi Bojxona organlaridagi xizmatga qabul qilingan fuqaro quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi: Oldingi tahrirga qarang. “Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), bojxona organi xodimi vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligiga so‘zsiz rioya etishga, uning iqtisodiy xavfsizligini himoya qilishga, o‘z xizmat majburiyatlarimni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman”. (15-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) modda. Bojxona organlari xodimlariga maxsus unvonlar berish, bu unvonlarni pasaytirish va ulardan mahrum qilishBojxona organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi: serjantlar tarkibi — bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti; ofitserlar tarkibi: kichik ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani; katta ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi; generallar tarkibi — bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi. Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati kichik serjanti” maxsus unvoni beriladi. (16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati katta serjanti” maxsus unvoni beriladi, ular bu unvonda dastlabki sinov muddati tugab, birinchi ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat qiladi. (16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlarida lavozimlar (ofitser va serjantlar egallashi lozim bo‘lgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq maxsus unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan bojxona organlarining shtatlarida nazarda tutiladi. (16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son) Bojxona organi xodimining dastlabki sinov muddati uch oyni tashkil etadi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar bo‘lgan va bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga mavjud harbiy unvoniga teng maxsus unvon beriladi. Download 63.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling