Ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisida nizom


Download 104.5 Kb.
bet1/5
Sana11.09.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1675413
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisida nizom Yangisi


Ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisida nizom
10.01.2022
I. Umumiy qoidalar
II. Ilmiy unvonlar berish talablari
§ 2.1. Umumiy talablar
§ 2.2. Oliy taʼlim muassasasi mutaxassislariga dotsent ilmiy unvonini
berish talablari
§ 2.3. Ilmiy-tadqiqot muassasasi mutaxassislariga katta ilmiy xodim
ilmiy unvonini berish talablari
§ 2.4. Oliy taʼlim muassasasi mutaxassislariga professor ilmiy
unvonini berish talablari
§ 2.5. Ilmiy-tadqiqot muassasasi mutaxassislariga professor ilmiy
unvonini berish talablari
§ 2.6. Oʼrindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy
unvonlarni berish talablari
III. Ilmiy unvonga taqdim etish tartibi
IV. Аttestatsiya ishini OʼzR OАKda koʼrib chiqish
V. Аttestatlarni rasmiylashtirish va berish
VI. Ilmiy unvondan mahrum etish (ilmiy unvonda tiklash)
VII. Аpellyatsiyani koʼrib chiqish
VIII. Ilmiy unvonga qayta taqdim etish tartibi
IX. Yakuniy qoidalar
Mazkur Nizom Oʼzbekiston Respublikasi «Taʼlim toʼgʼrisida»gi (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Аxborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʼgʼrisida»gi Qonunlariga (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Аxborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son «Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qaroriga hamda 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʼtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida»gi Farmoniga (Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʼplami, 2012 y., 30-son, 346-modda), shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 sentyabrdagi 421-son qaroriga (Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʼplami, 1992 y., 9-son, 28-modda) muvofiq professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini berish tartib va talablarini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDАLАR
1. Mazkur ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʼllaniladi:
attestatsiya - ilmiy unvonlar talabgorlari malakasini taalluqli huquqiy-normativ hujjatlar talablari asosida tizimli ravishda aniqlashning kompleks huquqiy-normativ va ilmiy-tashkiliy jarayoni;
ilmiy unvon - tegishli huquqiy-normativ hujjatlar talablarini bajargan mutaxassislarga beriladigan rasmiy maqom;
ilmiy unvon talabgori – ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan hamda ilmiy unvon olishga daʼvogar mutaxassis;/
attestatsiya ishi – ilmiy unvon talabgorining tegishli huquqiy-normativ hujjatlar va meʼyoriy-texnik talablar asosida rasmiylashtirilgan va jamlangan hujjatlar toʼplami;
ilmiy ish staji – mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida mutaxassisning ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan muddati hamda katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutida oʼqigan muddati;
pedagoglik ish staji – mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida mutaxassisning oliy taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida pedagog lavozimlarida ishlagan muddati;
oʼquv adabiyoti - muayyan taʼlim turi (yoʼnalishi yoki mutaxassisligi) oʼquv rejasida qayd etilgan fanlar boʼyicha tegishli oʼquv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, oʼzlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalari) manba;
professor - 1) tegishli huquqiy-normativ hujjatlarda qoʼyilgan malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan, belgilangan tartibda professor ilmiy unvoniga ega boʼlgan mutaxassis; 2) ilmiy unvon nomi;
dotsent - 1) tegishli huquqiy-normativ hujjatlarda qoʼyilgan malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan, belgilangan tartibda dotsent ilmiy unvoniga ega boʼlgan mutaxassis; 2) ilmiy unvon nomi;
katta ilmiy xodim - 1) tegishli huquqiy-normativ hujjatlarda qoʼyilgan malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan, belgilangan tartibda katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʼlgan mutaxassis; 2) ilmiy unvon nomi;
professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim attestati - belgilangan tartibda davlatning vakolatli organi qarori bilan professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʼlganlarga beriladigan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi hujjat;
apellyatsiya - ilmiy unvonlar berish (rad javobi berish) yoki ilmiy unvondan mahrum etish boʼyicha ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengash yoki OʼzR OАK Rayosati qarori yuzasidan shikoyat arizasi.
2. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʼrinlarda - OʼzR OАK deb yuritiladi) tegishli ilmiy unvonlarni berish talablari va tartibini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning yagonaligini taʼminlaydi.
3. Talabgorlarga dotsent va professor ilmiy unvonlari kafedra yoki ixtisoslik boʼyicha, shuningdek katta ilmiy xodim ilmiy unvoni ixtisoslik boʼyicha beriladi.
Kafedra boʼyicha dotsent va professor ilmiy unvonlari oliy taʼlim yoki kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borayotgan, chuqur kasbiy bilimga hamda ilmiy va pedagoglik sohasida maʼlum yutuqlarga erishgan yuksak maʼnaviyatli ilmiy-pedagog mutaxassislarga beriladi.
Ixtisoslik boʼyicha professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlari ilmiy-tadqiqot yoki oliy taʼlim muassasalarida ilmiy faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilimga hamda ilmiy va pedagoglik sohasida maʼlum yutuqlarga erishgan yuksak maʼnaviyatli ilmiy-pedagog mutaxassislarga beriladi.
Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni maqomiga koʼra ixtisoslik boʼyicha dotsent ilmiy unvoniga tenglashtiriladi.
4. Professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlari tegishli ilmiy darajaga yoki tegishli hollarda magistr darajasiga yoki bakalavr va magistr darajalari joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga yoxud oliy xarbiy taʼlim diplomiga ega boʼlgan hamda tegishli huquqiy-normativ hujjatlar talablarini bajargan shaxslarga qaysi idoraga boʼysunishidan qatʼiy nazar, oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari (keyingi oʼrinlarda – ilmiy kengash deb yuritiladi)ning taqdimnomasi asosida OʼzR OАK Rayosati qarori bilan beriladi.
Taqdimnoma ilmiy unvon talabgorining asosiy ish joyidan taqdim etiladi.
5. Yopiq mavzularda ish olib borayotgan shaxslarga ilmiy unvonlar berishning oʼziga xos tartibi OʼzR OАKning maxsus Nizomida belgilanadi.
6. Professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlari berilgan mutaxassislarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestatlar rasmiylashtiriladi va beriladi.
II. ILMIY UNVONLАR BERISh TАLАBLАRI
Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling