Ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisida nizom


§ 2.3. Ilmiy-tadqiqot muassasasi mutaxassislariga katta ilmiy xodim


Download 104.5 Kb.
bet3/5
Sana11.09.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1675413
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisida nizom Yangisi


§ 2.3. Ilmiy-tadqiqot muassasasi mutaxassislariga katta ilmiy xodim
ilmiy unvonini berish talablari
12. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan ilmiy-tadqiqot muassasasi yoki unga tenglashtirilgan muassasa yohud OTMning ilmiy-tadqiqot tuzilmasi (keyingi oʼrinlarda – ITM deb yuritiladi) mutaxassislariga beriladi:
a) fan doktori (fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar) ilmiy darajasiga ega boʼlgan;
b) kamida 5 (besh) yillik ilmiy va pedagoglik, jumladan ITMda uch yillik ilmiy ish stajiga ega boʼlgan;
v) kamida bir yil davomida grant rahbari yoki ilmiy-tashkiliy tuzilma boshligʼi yohud bosh (etakchi, katta) ilmiy xodim lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan;
yoki kamida bir yil davomida ITM rahbari va uning oʼrinbosari, ilmiy kotibi lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va ilmiy faoliyat olib borayotgan;
g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan, ilmiy jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola, jumladan, nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnalda bitta ilmiy maqola chop ettirgan;
d) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yohud xoʼjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida asoslangan va natijali ilmiy izlanishlar olib borayotgan;
ye) maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etayotgan;
j) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasi jarayonida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash aʼzosi, rasmiy opponent va boshqalar sifatida).
§ 2.4. Oliy taʼlim muassasasi mutaxassislariga
professor ilmiy unvonini berish talablari
13. Professor ilmiy unvoni quyidagi talablarni bajargan OTM mutaxassislariga beriladi:
a) fan doktori ilmiy darajasiga ega boʼlgan;
b) dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʼlgan;
v) kamida 10 (oʼn) yillik ilmiy va pedagoglik, jumladan OTMda besh yillik pedagoglik ish stajiga ega boʼlgan;
g) kamida bir oʼquv yili davomida OTM asosiy shtatida kafedra mudiri, professor lavozimlarida yoki oliy xarbiy taʼlim muassasalarida kafedra boshligʼi oʼrinbosari, boshligʼi lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan;
yoki kamida bir oʼquv yili davomida kamida 0,25 stavka oʼquv yuklamasini bajarib pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshligʼi), prorektori (direktor oʼrinbosari, boshliq oʼrinbosari), ilmiy kotibi yoki OTMning oʼquv-tashkiliy tuzilmasi (fakulьtet, boʼlim) rahbari lavozimlarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan;
d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassis tayyorlagan;
ye) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, shu jumladan, dissertatsiya himoyasidan keyin OTM oʼquv dasturlariga mos keladigan darslik yoki oʼquv qoʼllanmalari va boshqa oʼquv adabiyotlarini nashr ettirgan;
j) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan, ilmiy jurnallarda kamida beshta ilmiy maqola, jumladan, nufuzli xorijiy yoki xalqaro ilmiy jurnallarda ikkita ilmiy maqola chop ettirgan;
z) oʼqitishning zamonaviy usullarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, mulьtimediya taʼlim resurslaridan foydalangan holda yuqori ilmiy va oʼquv-uslubiy saviyada maʼruza kurslarini oʼqiyotgan;
i) davlat grantlari yoki boshqa ilmiy loyihalar yohud xoʼjalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida asoslangan va natijali ilmiy izlanishlar olib borayotgan;
k) maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda (“Maʼnaviyat” kunlarini oʼtkazish, dolzarb mavzular boʼyicha talabalar bilan suhbatlar oʼtkazish, shu jumladan, «ZiyoNet» axborot-resurs portali materiallaridan foydalanilgan holda va b.) va talabalar bilan oʼquv-tarbiyaviy ishlarda ishtirok etayotgan;
l) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasi jarayonida ishtirok etayotgan (taqrizchi, ilmiy seminar yoki fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash aʼzosi, rasmiy opponent va boshqalar sifatida).
14. Professor ilmiy unvoni mazkur Nizomning 13-bandining “b”, “g”, “j” – “l” kichik bandlari talablari bajarilib, quyidagi tegishli talablarni hisobga olgan holda istisno tariqasida fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʼlgan mutaxassislarga berilishi mumkin:
a) OTMda oʼn besh yillik pedagoglik ish stajiga ega boʼlgan, taʼlim turlarining birida amaliyotda foydalanilayotgan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida 2 (ikki)ta oʼquv qoʼllanmasi boʼlgan, kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan, shuningdek, ilmiy darajada tasdiqlangan bir nafar mutaxassis va kamida 2 (ikki) nafar magistr yoki 4 (toʼrt) nafar bakalavrga ilmiy rahbarlik qilgan (ixtisoslik kafedralarida ishlayotgan talabgorlar uchun) yoki davlat (nomdor) stipendiati yohud xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari gʼolibini tayyorlagan yohud taʼlim-tarbiya jarayoniga salmoqli hissa qoʼshgan yuqori malakali mutaxassislarga;
b) yoki madaniyat, sanʼat, meʼmorchilik yoʼnalishlari boʼyicha ixtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarda faoliyat koʼrsatayotgan, tegishli oliy maʼlumotga, kafedra sohasi boʼyicha fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga, kamida oʼn besh yillik ilmiy va pedagoglik, jumladan OTMda oʼn yillik pedagoglik ish stajiga ega boʼlgan, dissertatsiya himoyasidan keyin oliy taʼlim, oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim amaliyotida foydalanilayotgan oʼquv adabiyotlari, jumladan, OTM oʼquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda nashr ettirgan darslik yoki oʼquv qoʼllanmalari hamda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari boʼlgan; kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan va oʼz sohasida halqaro, mintaqa yoki respublika tanlovlari gʼoliblarini tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.
Madaniyat, sanʼat sohasidagi ixtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedra mudiri yoki professori kafedra sohasi mutaxassisliklari boʼyicha ijodiy xodimlarni, ijrochilik mutaxassislarini bevosita oʼz raxbarligida tayyorlagan boʼlishi shart. Madaniyat, sanʼat nazariyasi va tarixi boʼyicha mutaxassislar fan doktori ilmiy darajasiga ega boʼlishlari shart;
v) yoki jismoniy tarbiya va sport hamda muhandislik grafikasi (chizma geometriya) yoʼnalishlari boʼyicha ixtisoslashgan kafedralarda faoliyat koʼrsatayotgan, tegishli oliy maʼlumotga, kafedra sohasi boʼyicha fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga, kamida oʼn besh yillik ilmiy va pedagoglik, jumladan OTMda oʼn yillik pedagoglik ish stajiga ega boʼlgan, dissertatsiya himoyasidan keyin taʼlim turlarining birida amaliyotda foydalanilayotgan oʼquv adabiyotlari, jumladan, yakka mualliflikda chop etgan darslik yoki oʼquv qoʼllanmalari hamda ilmiy-tadqiqot ishlari boʼlgan; kasbiy va pedagogik faoliyatida salmoqli yutuqlarga erishgan va oʼz sohasida halqaro, mintaqa yoki respublika musobaqalarining gʼoliblarini yoki jamoa (jamoalarini) tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga.
15. Professor ilmiy unvoni mazkur Nizomning 13-bandining “b”, “g”, “z” – “k” kichik bandlari talablari bajarilib, quyidagi tegishli talablarni hisobga olgan holda istisno tariqasida ilmiy darajasiz mutaxassislarga berilishi mumkin:
a) tegishli oliy maʼlumotga, kamida 10 (oʼn) yillik ilmiy va pedagoglik, jumladan OTMda besh yillik pedagoglik ish stajiga ega boʼlgan, ikki oʼquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlayotgan, oliy taʼlim, oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim amaliyotida foydalanilayotgan oʼquv adabiyotlari boʼlgan, jumladan, OTM oʼquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikda chop etilgan darslik va kamida 2 (ikki)ta oʼquv qoʼllanmasi hamda ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari boʼlgan; oʼz kasbiy yoʼnalishida halqaro, mintaqa yoki respublika miqyosidagi tanlov (musobaqa)lar gʼoliblari yoki jamoa (jamoalarini) tayyorlagan Oʼzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi xalq artistlari, xalq hofizlari, xalq rassomlari, xalq meʼmorlari, xalq oʼqituvchilari, xalq yozuvchilari, xalq shoirlari, Oʼzbekiston Respublikasi fan arboblari, Oʼzbekiston Respublikasi sanʼat arboblari, xizmat koʼrsatgan artistlari, rassomlari, meʼmorlari, trenerlari, yoshlar murabbiylari va madaniyat xodimlariga;
b) yoki meʼmorchilik, madaniyat va sanʼat institutlari ixtisoslashgan (ijodiy, ijrochilik) kafedralarida kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlayotgan, tegishli oliy maʼlumotga, kamida oʼn besh yillik ilmiy va pedagoglik, jumladan OTMda oʼn yillik pedagoglik ish stajiga ega boʼlgan, kafedra sohasi mutaxassisliklari boʼyicha amaliy mashgʼulotlarni yuqori kasbiy darajada olib borayotgan, taʼlim turlarining birida amaliyotda foydalanilayotgan oʼquv adabiyotlari, jumladan, OTM oʼquv dasturlariga mos keladigan yakka mualliflikdagi darsligi va kamida 2 (ikki)ta oʼquv qoʼllanmasi, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari boʼlgan, shuningdek, oʼz sohasida mintaqa (halqaro) yoki respublika tanlovlari gʼoliblarini tayyorlagan yuqori malakali mutaxassislarga (madaniyat, sanʼat nazariyasi va tarixi boʼyicha mutaxassislaridan tashqari).
Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling