Davlat boshqaruv tizimi islohotlari


Download 247.5 Kb.
bet1/7
Sana06.04.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1334264
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu Давлат бошқарув ислоҳотлари


1-MAVZU:

O‘ZBEKISTONDA DAVLAT BOSHQARUV TIZIMI ISLOHOTLARI.



Reja:
1. O‘zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.
2. Sud hokimiyati islohotlari.
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi.


Tayanch tushunchalar: Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Parlament, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy Majlis Senati.


1. O‘zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.
1989-1990-yillar boshida kechgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, nafaqat Sovet ittifoqi, balki, milliy respublikalarda ham davlat boshqaruv tizimini isloh qilish lozimligini kun tartibiga qо‘ygan edi. 1990-yil 14-martda Sobiq Ittifoqda Prezidentlik lavozimi joriy etilib M.S.Gorbachev ushbu lavozimga tayinlangan birinchi va oxirgi shaxs bо‘lgan edi. Oradan о‘n kun о‘tgach, 24-may sanasida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1-sessiyasida ittifoqdosh respublikalar ichida birinchi bо‘lib О‘zbekistonda ham Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Rivojlanish tarixi XVIII asr oxirlariga borib taqaluvchi Prezidentlik boshqaruvining О‘zbekistonda ham joriy etilishi tarixiy zaruriyat edi. Chunki, parokandalik va boshboshdoqlikka yuz tutgan sovet boshqaruv tizimi sharoitida respublikada boshqaruv tizimini izga solish kechiktirib bо‘lmaydigan masalaga aylangan edi.
О‘zbekistonda bosqichma-bosqich prezidentlik boshqaruv tizimining huquqiy-meyoriy asoslari yaratildi. Jumladan, 1991-yil 18-noyabrda “Prezidentlik saylovi tо‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, ushbu qonun asosida 1991-yil 29-dekabrda О‘zbekiston tarixida birinchi marotaba muqobillik asosida prezidentlik saylovlari о‘tkazildi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning XIX-bobi Prezidentlik institutining huquqiy maqomiga bag‘ishlangan bо‘lib, unda О‘zbekistonda oxirgi о‘n yil muqim yashagan, о‘zbek tilini mukammal biladigan, 35 yoshdan kichik bо‘lmagan О‘zbekiston fuqarolari 5 yil muddatga О‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga о‘z nomzodlarini kо‘rsatishlari mumkinligi belgilab qо‘yildi. 1995-yil 26-martda jamoatchilik tashabbusi bilan Prezidentning vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha chо‘zish bо‘yicha umumxalq referendumi о‘tkazildi. Ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 % mazkur savolga о‘z roziliklarini bildirishdi. 2000-yil 9-yanvar sanasida navbatdagi ikkinchi Prezidentlik saylovlari о‘tkazildi va unda I.A.Karimov xalq ishonchi asosida 7 yil muddatga О‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2007-yil 23-dekabrda navbatdagi uchinchi Prezidentlik saylovlari о‘tkazildi va I.A.Karimov 2015-yilgacha Prezidenlikka sayandi. 2011-yil 12-dekabrda Konstitutsiyamizga о‘zgartirish kiritilib, yangi qabul qilingan qonunga kо‘ra Prezident vakolati muddati 7 yildan 5 yilga о‘zgartirildi. 2015-yil 29-martda bо‘lib о‘tgan Prezidentlik saylovlarida I.A.Karimov yangi qabul qilingan qonun asosida 5 yil muddatga О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 2-sentabrda О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bevaqt vafot etishi tufayli 2016-yil 4-dekabrda navbatdagi beshinchi Prezidentlik saylovlari о‘tkazilib, unda SH.M.Mirziyoyev 5 yil muddatga О‘zbekiston Respublikasining ikkinchi Prezidenti etib saylandi.
О‘tgan davr mobaynida Prezidentlik boshqaruv tizimida ham qator islohotlar amalga oshirildi. Konstitutsiyamizda belgilangan Prezidentlik vakolatlari bosqichma bosqich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga hamda Bosh vazirga о‘tkazildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki o‘tish davrida Prezident vakolatlari nisbatan kengroq bо‘lsa bugungi davlat boshqaruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasiga kо‘ra ijro hokimiyati tizimidagi tuzulmalarning konstitutsiyaviy vakolatlari kengatirib borildi.
Istiqlol yillarida Parlament islohotlari ham davlat boshqaruv sohasidagi muhim islohotlardan biri bо‘ldi. Ma’lumki, 1925-yilda О‘zbekiston SSR tashkil etilgach, uning qonun chiqaruvchi organi Oliy Sovet deb nomlangan edi. 1989-yilda о‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tufayli 1990-yil fevralda saylangan parlamentimiz Oliy Kengash deb nomlanib, 1990-1994-yillarda shu nom bilan faoliyat yuritdi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning XVIII-bobi Oliy Majlis deb nomlandi va 1994-yil dekabrda Oliy Majlisga saylovlar о‘tkazildi. 1995-2005-yillarda 250 nafar deputatdan iborat milliy parlamentimiz bir palatali tizimda faoliyat olib bordi. 2002-yil 27-yanvarda О‘zbekistonda ikki palatali parlament tizimiga о‘tish bо‘yicha umumxalq referendumi о‘tkazildi. Referendumda xalqimiz ikki palatali parlament tizimiga о‘tishni qо‘llab ovoz berdi. 2004-yil dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar bо‘lib о‘tdi. 2005-yil 27-yanvardan 150 deputatdan iborat Qonunchilik palatasi va 100 ta senatordan iborat Oliy Majlis Senati о‘z faoliyatini boshladi. Shu tariqa О‘zbekistonda professional Parlament tizimiga о‘tildi.
Hokimiyatning ikkinchi bо‘g‘ini bо‘lmish Ijro etuvchi hokimiyat – Vazirlar Mahkamasining tashkil etilishi ham istiqlolning dastlabki yillaridan boshlangan edi. Ma’lumki, 1925-1990-yillarda О‘zbekiston SSRda iroiya hokimiyat tuzulmasi dastlab Xalq Komissarlari Soveti, keyinchalik Ministrlar Soveti deb yuritib kelingan edi. 1990-yil 1-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Unga kо‘ra, Prezidentlik hokimiyati bilan Mi­nistrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.
Konstitutsiyamizning XIX-bobi Vazirlar Mahkamasi deb nomlanib ushbu bobda uning vakolatlari belgilab berilgan.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruv idoralari tizimiga va о‘zi tashkil etadigan xо‘jalik boshqaruvi muassasalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat kо‘rsatishini, hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlarning ijrosini ta’minlaydi.
2005-yilda Vazirlar Mahkamasi rahbari – Bosh vazir lavozimi joriy etildi. 2007-yilda О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti bir vaqtning о‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i, ya’ni Vazirlar Mahkamasining raisi ekanini belgilaydigan norma chiqarib tashlandi. Vazirlar Mahkamasining raisi lavozimi tugatildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng kо‘p deputatlik о‘rniga ega bо‘lgan siyosiy partiyaning rahbari Bosh vazir lavozimini egallashi qonunchilik asosida belgilab qо‘yilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasi tarkibi parlament saylovlari о‘tkazilgach (har 5 yilda bir marta) yangidan tasdiqlanadi. 1993-yil 6-mayda qabul qilingan, 1993-yil 29-avgustda yangi tahrirda joriy etilgan “Vazirlar Mahkamasi tо‘g‘risida”gi Qonunga kо‘ra Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi 1995-yil 23-fevral, 2000-yil 11-fevral, 2005-yil 4-fevral, 2010-yil 12-mart va oxirgi marta 2016-yil 14-dekabrda shakllantirildi.
Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir, Bosh vazirning 6 ta о‘rinbosari, vazirlar, Davlat qо‘mitalarining raislari, Davlat inspeksiyalari va Agentliklardan iborat tarkibda faoliyat yuritmoqda.

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling