Budjet tizimi budjetlarining ijrosi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g'azna ijrosi yo'li bilan amalga oshiriladi. G'azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet mablag'lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi. - Budjet tizimi budjetlarining ijrosi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan g'azna ijrosi yo'li bilan amalga oshiriladi. G'azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan budjet tashkilotlariga va budjet mablag'lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi.
- Budjet ijrosini tashkil qilishda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona axborot tizimida budjet tizimi budjetlari, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag' oluvchilar uchun shaxsiy g'azna hisobvaraqlari ochiladi.
- Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag' oluvchilar o'z xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag'larm moliya yili tugaguniga qadar sarflaydi.
- Budjet qonunchiligiga muvofiq, mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni, ichki tartibni saqlash bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Bizga ma’lumki, 2004-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g'azna ijrosi to‘g‘risida”gi 664-11-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda ko'rsatilishicha, “Davlat budjetining g'azna ijrosi davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g'azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat budjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to 'lashdan iborat - Bizga ma’lumki, 2004-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g'azna ijrosi to‘g‘risida”gi 664-11-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda ko'rsatilishicha, “Davlat budjetining g'azna ijrosi davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g'azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat budjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to 'lashdan iborat
- Davlat budjeti g'azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g'azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
- Davlat moliyasini boshqarish davlat o'z vazifalarini samarali bajarishini ta’minlash, moliyaviy resurslami safarbar qilishda ma’lum samaraga erishish, yagona tizim asosida moliyaviy resurslami taqsimlash va ishlatish, nihoyat, iqtisodiy barqarorlashtirish hamda jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida davlat tomonidan ko'riladigan tadbirlar yig'indisidir
Do'stlaringiz bilan baham: |