Davlat budjeti ijrosining monitoringgi


-modda. O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash


Download 27.35 Kb.
bet5/10
Sana29.03.2023
Hajmi27.35 Kb.
#1307856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT BUDJETI IJROSINING MONITORINGGI

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash
O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.
2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd. AQSh dollari, shundan Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun — 2,2 mlrd. AQSh dollari (shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlari — 5 trln. so‘m), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 3,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilansin.
2021-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) hisobidan amalga oshiriladigan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qaytariladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti xarajatlarida aks ettiriladi.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdorini belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 5,5 foizi miqdorida belgilansin.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 2-iyuldagi O‘RQ-698-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 03/21/698/0632-son)
3-bob. Budjetlararo munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
12-modda. 2021-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagilar to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
aylanmadan olinadigan soliq;
qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yig‘imlar;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig‘imlar va g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan utilizatsiya yig‘imidan tashqari);
avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imlar;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;
davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar;
mobil aloqa xizmatlari va alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar tegishincha 2020-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq.



Download 27.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling