Davlat budjeti ijrosining monitoringgi


Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish


Download 27.35 Kb.
bet7/10
Sana29.03.2023
Hajmi27.35 Kb.
#1307856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DAVLAT BUDJETI IJROSINING MONITORINGGI

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish

Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan 2021-yilning 1-iyuliga qadar 2020-yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tegishli ravishda ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanadi hamda 2021-yilning 1-sentabridan kechiktirmasdan tegishli darajadagi budjetlarga o‘tkaziladi.


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan 2021-yil uchun dividendlar (sof foydadan ajratmalar) to‘lash miqdorlari va davriyligini qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlash huquqiga ega.
13-modda. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli budjetlarini birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlari rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi.
Choraklar yakuni bo‘yicha ushbu Qonunning 6-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish ehtimoli bo‘lmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan ko‘rilgan choralar bilan birgalikda tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qiladi hamda bu taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Tumanlar va shaharlar hokimliklari ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xuddi shu tartibda murojaat etadi.
2021-yilda:
Toshkent shahrining umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini va ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), kapital ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga, shuningdek sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar doirasida obyektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlariga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
2021-yildan boshlab hududlarda barcha issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ular bo‘yicha dastlab O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlari xulosalariga ko‘ra, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan ma’qullanganidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil davomida qayta ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra, issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar aholiga pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi natijasida ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.

Download 27.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling