Davlat budjeti


Download 3.83 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi3.83 Kb.
#1819775
Bog'liq
9-sinf. Iqtisod. Davlat byudjeti

DAVLAT BUDJETI

Davlat budjeti – davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan asosiy moliyaviy hujjati.

Davlat budjetining daromad manbalariga quyidagilar kiradi:


fuqarolar daromadidan olinadigan soliqlar
korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar
davlat korxonalarining foydasi
davlat qimmatli qog‘ozlarini sotishdan tushgan pul
davlat mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar;
davlat boji va boshqa tushumlar.

Boj — davlat muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi bir xizmatlar uchun yoki davlat hududiga ayrim turdagi tovarlarni olib kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadigan haq

Budjet mablag‘lari quyidagi sohalarga sarflanadi:

  • - ta’lim va fan, madaniyat va san’at;
  • — sport va sog‘liqni saqlash;
  • milliy xavfsizlik;
  • — qarilik va nogironlik pensiyalari, nafaqalari hamda stipendiyalar;
  • — ishsizlik nafaqalari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
  • atrof-muhitni himoya qilish;
  • — jamoat tartibini saqlash;
  • — davlat korxonalari va boshqaruv organlarining moliyaviy ta’minoti;
  • — ba’zi bir davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sohalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Yil yakunlangandan so‘ng hukumat budjetning ijrosi bo‘yicha Oliy Majlisga hisobot beradi

Transfert to‘lovlari — davlat budjetidan aholining moddiy jihatdan kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadigan mablag‘lar.

Budjet kamomadi – davlat budjetining xarajatlari daromadidan ko‘p bo‘lgan holdagi xarajatlar va daromadlar orasidagi farq

Budjet profitsiti – davlat budjeti daromadlarining xarajatlaridan ko‘p bo‘lgan holdagi daromadlar va xarajatlar orasidagi farq

Davlat qarzi — yillar davomida yig‘ilib qolgan budjet kamomadining jami miqdori.

Topshiriqlar

  • 1. Mavzuni o`qish
  • 2. Dars davomida qo‘llaniladigan tayanch atamalarning ta’rifini yozib kelish
  • 3. Mavzudagi davlat byudjetiga oid rasmni daftarga chizish
  • 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019- yil uchun asosiy ko‘rsatkichlarini daftarga chizib, savollarga javob yozish

Download 3.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling