Davlat budjeti xarajatlari


Sog’liqni saqlash xarajatlari


Download 339.95 Kb.
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi339.95 Kb.
#1555929
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Sog’liqni saqlash xarajatlari. Ma’lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat turadigan ne’mat bo’lib, har bir kishi o’z hayoti davomida iste’mol qilishi mumkin bo’lgan tibbiy xizmatga haq to’lash uchun qancha mablag’ yig’ib
qo’yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir guruh fuqarolar birlashib, yoki butun bir jamiyat bu maqsadga mo’ljallangan mablag’ni jamg’arishi mumkin.
Shu munosabat bilan sog’liqni saqlash tizimini aralash moliyalashtirish shakliga o’tish masalasi islohotlarning markazida turgan masala sifatida qaralishi mumkin.
Ma’lumki, tibbiy xizmatlar bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bular quyidagilar:

  • Tibbiy xizmatlarning ko’pchiligi ijtimoiy ne’mat xisoblanadi, shuningdek, ular “tashqi effekt” xususiyatiga ega;

  • Tibbiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari doimo noaniqlik bilan bog’liq;

  • Informatsion asimmetriyaning mavjudligi.

Mana shu o’ziga xosliklarning mavjudligi davlatning sog’liqni saqlash tizimiga aralashuvini taqozo qiladi. Davlatning sog’liqni saqlash sohasidagi majburiyatlari sifatida quyidagilarni aytib o’tish lozim:

  • Davlat daromadlari shakllanishining barqarorligini ta’minlash orqali sog’liqni saqlash sektori uchun resurslarning mamlakat miqyosida safarbar etilishini ta’minlash;

  • Turli mulk shakllaridagi tibbiyot muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquhiy bazasini yaratish;

  • Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bazaviy tibbiy xizmatlar paketiga kirgan asosiy tibbiy xizmatlarni taqdim etish va ularni moliyalashtirish yuzasidan javobgarlik;

  • Tibbiy xizmatlarning sifat standartlarini joriy qilish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;

  • Ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga tibbiy xizmatlar ko’rsatish va ularni moliyalash va sh.k.

Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir qancha manbalardan qoplanishi mumkin, ya’ni sog’liqni saqlash sektorini moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilar:

  • Davlat budjeti;

  • Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta;

  • Xususiy tibbiy sug’urta;

  • To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar (iste’molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari).

Moliyalashtirishning har bir manbasi o’ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan:

  1. Davlat budjeti:

  • Budjetdan moliyalashtirish tibbiyot muassasalarining ishlab chiqarish quvvatlari asosida amalga oshiriladi;

  • Ijtimoiy adolat ta’minlanadi;

  • Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlar kafolatlanadi;

  • Boshqarish va nazorat qilish uchun nisbatan oddiy va arzon;

  • Moliyalashtirish tizimi maqbul va qulay.

  1. Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta:




  • Ijtimoiy adolatning ta’minlanishi;

  • Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi;

  • Mablag’larni to’plash va mijozlarni himoya qilish uchun xarajatlarning ortib borishi;

  • Ish byeruvchilar tomonidan norozilik kelib chiqishining mumkinligi.

  1. Xususiy tibbiy sug’urta:




  • ajratmalarning aksariyat hollarda iste’molchilarning to’lash qobiliyatiga emas, ularning ehtiyojiga bog’liqligi;

  • tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi;

  • xarajatlar hajmining oshib borishi;

  • butun sog’liqni saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash uchun mablag’larning etarli emasligi;

  1. To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar:




  • adolatli emasligi;

  • risklarni umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi;

  • butun tizimni etarli resurslar bilan ta’minlay olmasligi.

O’zbekistonda sog’liqni saqlash xarajatlari hozirgi kunga qadar asosan davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilib kelinmoqda. Bu mablag’larning ham qariyb 65-70 foizi xodimlarning ish haqiga sarf etilmoqda. Shunga qaramasdan, soha xodimlarini moddiy rag’batlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish uchun asosan budjet mablag’larining o’zi, davlat resurslarining chegaralanganligi bois, etarli emasligini amaliyot isbotlab turibdi. Shuning uchun ham sog’liqni saqlashni isloh qilishning dolzarb yo’nalishlaridan biri – tarmoqni moliyalashning ko’p kanalli tizimini joriy etish ekanligi e’tirof etildi.
Uzoq yillar mobaynida davlat budjetining ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishda yagona manba bo’lib kelganligi hech kimga sir emas. Sog’liqni saqlash tizimi ham klassik ijtimoiy soha sifatida bir necha o’n yilliklar davomida to’lig’icha budjetga qaram soha bo’lib kelgan. Hozirgi kunda ham davlat sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarining aksariyat qismini moliyalashga budjet mablag’lari safarbar etilmoqda. Xususan, soliqni saqlash sohasiga ajratilgan budjet mablag’lari davlat budjetidan amalga oshirilgan jami xarajatlarning:
Sog’liqni saqlash muassasalari aholiga tibbiy xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlar tizimini tashkil qiladi. Bu muassasalarni qurish, mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash, kadrlar masalasini hal qilish kabilar tarixan davlat mablag’lari evaziga amalga oshirilib kelingan. Sog’liqni saqlash tizimining joriy va kapital xarajatlarini moliyalashtirishda davlat
budjetining ahamiyati hali ham katta. Davlat budjetining ijtimoiy-madaniy sohalarni saqlash xarajatlari tarkibida sog’liqni saqlash xarajatlari xalq ta’limidan keyin 2-o’rinni egallaydi.
Sog’liqni saqlash muassasalari bo’yicha eng katta o’rinni kasalxonalar, ikkinchi ambulatoriya poliklinika muassasalari, shuningdek, tez va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari egallaydi.
Sog’liqni saqlashga qilinadigan xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuni va muassasa turlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga birlashtirish mumkin:

  • Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar;

  • Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar;

  • Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar;

  • Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari. Davlat tibbiyot va farmatsevtika muassasalari guruhlari:

  1. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar:

  1. Qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari (bo’limlari)




  1. Shaharlardagi poliklinikalar (bolalar poliklinikasidan tashqari)




  1. Statsionar o’rinlari bo’lmagan dispansyerlar




  1. Skrining - markazlar




  1. Respublika bolalar va o’smirlar reproduktiv sog’lomlashtirish markazi




  1. Salomatlik instituti va uning filiallari




  1. Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati muassasalari (respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantin

va o’ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfeksiya stantsiyalari)

  1. Tibbiyot statistikasi byurosi




  1. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar:




  1. Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy tibbiyot o’quv yurtlari klinikalari




  1. Respublika kasalxonalari, tibbiyot-sanitariya qismlari




  1. Respublika (viloyat, shahar) pyerinatal markazi




  1. Viloyat, shahar va tuman kasalxonalari, jumladan, tug’ruqxonalar, tug’ruqxona majmualari

  2. Shahar va tuman markaziy kasalxonalari, qishloq uchastka kasalxonalari

  3. Sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning filiallari




  1. Patologoanatomik markazlar va ularning filiallari




  1. Qon quyish stantsiyalari




  1. Sanatoriylar




  1. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar:




  1. Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispansyerlar va markazlar:




    1. Sil kasalliklari




    1. Yuqumli kasalliklar




    1. Onkologik kasalliklar




    1. Tyeri-tanosil kasalliklari




    1. Endokrinologik kasalliklar

    2. Ruhiy kasalliklar




    1. Ruhiy-asab kasalliklari




    1. Narkologik kasalliklar




  1. Respublika neyroxirurgiya, onkologiya (jumladan xospislar), allergologiya, suyak xastaligi va jarohat oqibatlarini davolash, yiringli xirurgiya va qandli diabet asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari

  2. Fiziatriya va pulmonologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy- tadqiqot institutlari klinikalari

  3. OITSni davolash markazi va uning filiallari




  1. Bolalar kasalxonalari va poliklinikalari




  1. Bolalar uylari




  1. Leprozoriylar




  1. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari:




  1. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi - uning viloyatlardagi filiallari, tumanlar (shaharlar) markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam bo’limlari

  2. Tez tibbiy yordam stantsiyalari

Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o’n yilliklar davomida shakllangan tartiblarga muvofiq, sog’liqni saqlash muassasalari faoliyatini rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:



  1. Aholi soni va aholining tibbiyot muassasasidagi o’rinlarga ehtiyoj me’yorlari asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlari (u yoki bu profil yo’nalishlari bo’yicha o’rinlar - koykalar soni) ni aniqlash;

  2. Mazkur muassasa uchun o’rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo’yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish;

  3. Koykalar soni va tuzilishi (terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko’ra ish hajmini rejalashtirish;

  4. Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining ko’rsatkichlari (koyka-kunlar soni) ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash.

Demak, sog’liqni saqlash sohasidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq ko’rsatkichlari, masalan:

  • kasalxonalardagi o’rtacha yillik o’rinlar soni (jami va o’rinlar profillari bo’yicha),

  • bir yilda o’rinlarning ishlash kunlari soni,

  • o’rin-kunlar miqdori,

  • barcha toifadagi xodimlar bo’yicha o’rtacha yillik shtatlar birligi soni,

  • ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari (kasalni ko’rish) soni bilan tavsiflanadi.

Xarajatlarni rejalashtirishda shu narsa muhimki, davolash-profilaktika muassasasi aholiga tibbiy yordamni asosan ikki shaklda ko’rsatadi. Kasalxonaga muqim yotqizib «statsionar» (turg’un) davolash va ambulatoriya-poliklinikada yordam ko’rsatish. Turg’un davolash muassasalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri - o’rin-kunlar soni bo’lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy ko’rsatkichini vrach lavozimlari soni va vrach qabullari soni tashkil qiladi. Shunga qarab xarajatlarni hisoblash usuli tanlanadi.
Kasalxonaning joriy saqlash xarajatlarini hisoblashda o’rinlarning o’rtacha yillik soni asos qilib olinadi. Bu miqdor yangi o’rinlar ochilishi muddatlariga qarab quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Download 339.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling