Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari


Davlat budjeti daromadlarining mazmuni


Download 0.65 Mb.
bet5/12
Sana08.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1444480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
15- mavzu ..

3. Davlat budjeti daromadlarining mazmuni

YaIMni budjet vositasida qayta taqsimlash o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va ayni bir paytda, uzluksiz kechadigan ikki bosqichdan iborat:


1) Davlat budjeti daromadlarini shaklantirish;
2) Davlat budjeti mablag‘larini sarf qilish.
Budjet daromadlarini shakllantirish jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan YaIMning bir qismini davlat foydasiga majburiy olish yuz beradi. Davlatning soliq to‘lovchilar bilan moliyaviy munosabatlari shu negizda yuzaga keladi.
Budjet daromadlari ularni to‘lovchilar, soliqka tortish obyektlari, undirish usullari, to‘lov muddatlari va boshqalar bo‘yicha muhim farqlarga ega, lekin shu bilan birga, ular yagonaligi bilan ajralib turadi, ya’ni ular bir maqsadga - turli darajalardagi budjetlarnin daromad qismini shakllantirishga xizmat qiladi.
Budjet daromadlari mamlakat budjet jamg‘armasini shakllantirish jarayonida davlat bilan korxona (birlashma)lar, tashkilotlar v fuqarolar o‘rtasida paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda etadi. Bu iqtisodiy munosabatlar korxonalar, tashkilotlar va aholi tomonidan budjetga to‘lanadigan turli to‘lovlar ko‘rinishida yuz beradi, ularning moddiy-ashyoviy ifodasi budjet jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari hisoblanadi.
Budjet daromadlari, bir tomondan, ijtimoiy mahsulot qiymatini takror ishlab chiqarish jarayonidagi turli ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash natijalari bo‘lsa, ikkinchi tomondan, davlat qo‘lida to‘plangan qiymatni yana qayta taqsimlash obyekti hisoblanadi, chunki bu qiymat hududiy, tarmoq va maqsadli yo‘nalishidagi budjet jamg‘armalarini shakllantirishda foydalaniladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor asoslariga o‘tish ijtimoiy ishlab chiqarishga raxbarlikda iqtisodiy usullardan foydalanishni talab qiladigan korxonalar sof daromadining bir qismini ilgari qo‘llanib kelgan budjetga olish shakllari samarasizligi daromad tushumlari tizimini tubdan o‘zgartirishni taqozo qildi.
Natijada daromadlar tushumi soliq to‘lovlari zimmasiga ko‘chirildi; korxonalarning budjet bilan o‘zaro munosabatlari qonun bilan tartibga solinadigan huquqiy asosga qo‘yildi.
Budjet daromadlarini vujudga keltirishning shakllari va usullari ko‘pdan-ko‘p obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida o‘zgarib turadi Ularning orasida ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari moliya-budjet fanining rivojlanish darajasi ta’siri birinchi o‘rinda turadi
Daromadlarga, shuningdek yuzaga kelgan konkret iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, muayyan davrdagi iqtisodiy siyosat, jamiyat taraqqiyotida tanlangan ustuvorliklar, belgilangan vazifalarga erishish strategiyasi va boshqalar ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ammo, har kanday hollarda ham safarbar qilingan daromadlarning asosiy maqsadi - barcha boshqarish darajalaridagi hokimiyat organlariga o‘z vazifalarini amalga oshirishga imkoniyat beradigan, umumdavlat ehtiyojlarini qondiradigan barqaror moliya bazasini yaratishdan iborat. Daromadning vazifasi budjet xarajatlarini qoplashdan iborat. Ammo bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarning shunday shakllarini topish zarurki, daromadlarni budjetga olish usullari mehnat unumdorligini ko‘tarishga, jami resurslardan oqilona foydalanishga, tushumlarni ko‘paytirishga xizmat qilishi kerak.
Daromadlarning budjetdagi o‘rni bilan birga daromadlar o‘sishining moddiy asoslarini kengaytirishni ta’minlaydigan rag‘batlantiruvchi funksiyasi, budjetning daromad qismini mustahkamlashi huddi shu o‘rinda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Turli mamlakatlarda daromadlarning shakllanishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, konkret to‘lov turlari xilma-xil bo‘lishiga qaramay hamisha budjetga pul tushumlarining asosan uchta manbai mavjud bo‘lgan va hozir ham shunday. Ular:

  • davlat mulki, umumdavlat resurslari. Ulardan foydalanganlik uchun haq olinadi, muayyan badallar to‘lanadi;

  • jismoniy va yuridik shaxslardan turli soliqlar va yig‘imlar ko‘rinishida undiriladigan majburiy to‘lovlar;

  • davlat zayomlarini qimmatli qog‘ozlar va lotereyalarni sotishdan, bankdagi qo‘yilmalar bo‘yicha olingan daromadlar shakllarida jalb qilingan resurslar.

Davlat budjeti jami daromadlarining umumiy moddiy asosini milliy daromadning qayta taqsimoti mamlakatda yangidan yaratilgan qiymat katta qismining davlat qo‘lida to‘planishi tashkil qiladi. Shunday qayta taqsimlashning eng muhim tarkibiy qismlari - soliqlar, davlat mulki, davlat qarzlaridan iborat.
Miqdoriy jihatdan davlat budjetining daromadlari yaratilgan (ishlab chiqarilgan) yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko‘rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog‘i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadai)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda Davlat budjetida mablag‘larni konsentratsiya qilish (to‘plash, yig‘ish) miqdori va ularni undirishning shakl va usullari aniqlanadi.
Budjet daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi tamoyillarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir (17-rasm). Ushbu tamoyillarning ayrimlarini mazmunini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, subyektlarga tegishli bo‘lgan mablag‘lar bir qismining Davlat budjetiga olinishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Bu chegaradan oshib ketish subyektlarning mustaqilligini yo‘qotishga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini ta’minlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi; ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan turib olingan barcha daromadlar subyektlarning ixtiyoriga qoldirilmasdan davlatning ixtiyoriga o‘tishi kerak. Bu tamoyilning ta’siri ostiga subyektlar ma’muriyatining noto‘g‘ri, noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida olingan daromadlar ham kiritilmog‘i lozim; subyektlar ixtiyoridan mablag‘larning budjetga olinishi ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirishi kerak. Bu yerda qo‘yilgan vazifa faqatgina Davlat budjeti daromadlarini miqdoriy jihatdan ta’minlash emas, balki shu orqali korxonada faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat jamoalarining manfaatlariga, ular faoliyatining sifat ko‘rsatkichlariga to‘lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirishdir.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling