Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari
Download 0.65 Mb.
|
15- mavzu ..
Soliqsiz daromadlar tasnifi
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 11-moddasida Davlat budjeti daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan: 1) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, xadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan qaytarilmaydigan pul tushimlari; 4) rezident - yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini hisobiga tushadigan to‘lovlar; 5) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 18-moddasida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan: 1) qonuniy xujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 3) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) qonunlarga muvofiq boshqa manbalar. Davlat budjetining soliqsiz daromadlari quyidagilardan tashkil topadi (20-rasm): davlat mulkidan foydalanishdan olinadigan daromadlar; budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan keladigan daromadlar; fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olinadigan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararni tiklash bo‘yicha olinadigan mablag‘lar va majburiy undiriladigan boshqa mablag‘lar; moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet kreditlaridan tashqari); boshqa soliqsiz daromadlar. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling