Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari Davlat budjeti daromadlarining mazmuni


Download 114.71 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi114.71 Kb.
#1634041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yusupov Shoxruz

Soliqsiz daromadlar tasnifi
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 11-moddasida Davlat budjeti daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan:
1) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, xadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan qaytarilmaydigan pul tushimlari;
4) rezident - yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini hisobiga tushadigan to‘lovlar;
5) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 18-moddasida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan:
1) qonuniy xujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
3) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) qonunlarga muvofiq boshqa manbalar.
Davlat budjetining soliqsiz daromadlari quyidagilardan tashkil topadi (20-rasm):

  • davlat mulkidan foydalanishdan olinadigan daromadlar;

  • budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan keladigan daromadlar;

  • fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olinadigan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararni tiklash bo‘yicha olinadigan mablag‘lar va majburiy undiriladigan boshqa mablag‘lar;

  • moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet kreditlaridan tashqari);

  • boshqa soliqsiz daromadlar.




4-rasm.


Download 114.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling