Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari Davlat budjeti daromadlarining mazmuni


Davlat budjetining soliqsiz daromadlari


Download 114.71 Kb.
bet6/6
Sana20.06.2023
Hajmi114.71 Kb.
#1634041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yusupov Shoxruz

Davlat budjetining soliqsiz daromadlari

Budjet daroomadlari tarkibiga tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari hisobga olinishi mumkin (rasm):



  • davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan daromadlar;

  • kredit muassalalaridagi hisob varaqlarida budjet mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar;

  • davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar;

  • qaytarish va haq olish asosida boshqa budjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan budjet mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq;

  • davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik subyektlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar;

  • davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliq qonunchiligiga muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);

  • davlatga tegishli mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar.




5-rasm. Davlat budjetining daromadlariga tushumlar ko‘rinishlari

Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishini talab etmaydigan mablag‘lar ham Davlat budjetining daromadlari bo‘lishi mumkin. Biroq ayrim to‘lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydalanish uchun o‘tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag‘larni sarf etsa-da, u bu malag‘larni belgilangan muddatlarda va to‘liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday budjet daromadlarining ko‘rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat budjetining daromadiga ular shartli ravishda, faqat shu yilning budjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi mumkin.



1 Поляк Г.Б. Бюджетная система РФ.-М.: ЮНИТИ, 2020., 169-b.

2 Дробозина Л.А. Финансы.-М.: ЮНИТИ, 2019., 109-b.

3 Yo‘ldoshev M., Tursunov Y. Moliya huquqi.-T.: «Mehnat». 2019., 52-b.

4 Срожиддинова З.Х., Вахобов А.В., Сидиков Ж.Р. Государственный бюджет Республики Узбекистан. Учебное пособие.-Т.:ТФИ, 2021., 4-5-b.

5 Jumaev N.X., Burxanov U.A. Moliyaning dolzarb muammolari.-T.:«Yangi asr avlodi»,2022. 126-b.

6 Yo‘ldoshev M., Tursunov Y. Moliya huquqi.-T.: «Mehnat». 2019., 52-b.

7 Malikov T.S., Haydarov N.H. Davlat budjeti. O‘quv qo‘llanma/TMI.-T:”IQTISOD-MOLIYA”, 2017. 39-b.

Download 114.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling