Davlat byudjeti daromadlari tushunchasi va mohiyati


Download 0.77 Mb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1040569
1   2   3   4
Bog'liq
39 DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI

Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga o‘tkazish) turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan usullarning asosiylari bo‘lib hisoblanadi. Bu usullar o‘rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo‘yicha turlicha bo‘lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning o‘tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi.

Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar hisoblanadi. Ular yordamida byudjet daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Turli mamlakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 60-95 foizni tashkil etadi.

Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undirilishi tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi prinsiplardan foydalaniladi:

Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undirilishi tufayli ularga nisbatan bu jarayonda quyidagi prinsiplardan foydalaniladi:


soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi;
davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo‘lishi;
soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi;
soliqlar ularni to‘lovchilar o‘rtasida teng (adolatli) taqsimlanishi;
soliqlarning byudjetga undirilishi mamlakat milliy daromadi va milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi;
Soliqlar majburiy pullik to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi subyekt sifatida davlat o‘rtasida sodir bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar tovar mahsulotlarini ishlab chiqarganida va sotganida, aholiga turli xizmatlarni ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldisotdi qilganda ham pul to‘lovlarini amalga oshiradi. Lekin bu munosabatlarning hammasi ham soliq munosabati bo‘la olmaydi. Soliq munosabatida davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash yo‘li bilan majburan davlat byudjetiga mablag‘ to‘plash jarayonini amalga oshiradi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling