Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari. Reja


Davlat budjeti xarajatlari 2022 yilda budjet xarajatlari YAIMga nisbatan 33% miqdorida


Download 37.25 Kb.
bet2/5
Sana14.03.2023
Hajmi37.25 Kb.
#1266936
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari

Davlat budjeti xarajatlari

2022 yilda budjet xarajatlari YAIMga nisbatan 33% miqdorida

2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Hisob palatasi kelgusi yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m subsidiyalar ajratishni tavsiya qildi. 2022 yil uchun 1 AQSh dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilindi.


2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda 2022 yil uchun davlat budjeti qonuni loyihasi va budjetnoma bo‘yicha Hisob palatasining xulosasida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, kelgusi yilda davlat budjeti xarajatlari 177,7 trln so‘mni (Davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkaziladigan transfertlardan tashqari), davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari 58 trln so‘mni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 14,8 trln so‘mni (Davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkaziladigan transfertlardan tashqari) tashkil etadi.
Qonun loyihasida taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda, 104 ta davlat OTMlari uchun davlat budjetidan jami 3 trln 640,9 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 51 tasi bo‘yicha 2 trln 378 mlrd so‘mi (65 foizi) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratilayotgan mablag‘lar tarkibida, qolgan 53 tasi bo‘yicha deyarli 1 trln 263 mlrd so‘mi (35 foizi) 16 ta sohaviy vazirlik va idoralarga ajratilayotgan mablag‘lar tarkibida aks ettirilmoqda.
Hisob palatasi tomonidan 2021 yilda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalarini tahlil qilish, ortiqcha rejalashtirilgan mablag‘larni maqbullashtirish imkoniyatlari yuzasidan tanqidiy ko‘rib chiqish jarayonida Maktabgacha ta’lim vazirligiga ajratilgan 158,8 mlrd so‘m mablag‘lardan 101,1 mlrd so‘mi foydalanilmaganligi sababli, maqbullashtirildi.
Qonun loyihasida Maktabgacha ta’lim vazirligiga 2021−2022 o‘quv yilida 5 132 ta tayyorlov guruhlari va 4 768 ta xona tashkil etish uchun jami 166,8 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilgan.
«budjetnomada 2022 yilda budjet muassasalarida ishlovchi xodimlarning ish haqi indeksatsiyasi (7%) kutilayotgan inflyatsiya darajasidan (9,0 foiz) past miqdorda belgilanayotganligi, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga, elektr energiyasi 33 foizga, tabiiy gaz 21 foizga, issiq suv va issiqlik energiyasi 21 foizga, sovuq suv va kanalizatsiya 33 foizga oshirilishi kutilmoqda», — deyiladi Hisob palatasi xulosasida.

Aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish


Shuningdek, davlat budjetida aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2022 yil uchun 1 trln 849 mlrd so‘mdan ko‘proq subsidiya mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan. Yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari uchun resurslar xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan ajratiladi.
Xulosada aytilishicha, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarining xulosalariga (2018 yil iyul oyida berilgan) asosan aholini uy-joy bilan ta’minlash uchun keyingi 25 yil davomida yiliga 145 000 ta uy-joylar qurilishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Hisob palatasi tomonidan ushbu subsidiya mablag‘lari tahlil qilgan holda 2022 yil budjet loyihasida aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m (250,3 mlrd so‘m qo‘shimcha) subsidiyalar ajratilishi tavsiya etildi.

  • 2022 yilda 25 676 ta fuqarolarga kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun qariyb 1 trln 524 mlrd so‘m;

  • 2 900 ta fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini bir qismini qoplash uchun 53,6 mlrd so‘m;

  • 2020 va 2021 yillarda to‘lab berilgan subsidiyalarning foiz to‘lovlari uchun 17 808 ta fuqarolarga 357,9 mlrd so‘m,

  • 7 352 ta harbiy xizmatchilarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarni bir qismini qoplash uchun 164,5 mlrd so‘m.

Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan xarajatlar


2022 yil uchun davlat budjeti loyihasida markazlashgan kapital qo‘yilmalar uchun 23,2 mlrd so‘m yoki YAIM ga nisbatan 2,8 foiz miqdorida ko‘zda tutilgan.
budjetnomada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Investitsiya xarajatlari doirasida quyidagilar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda:

Download 37.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling