Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari. Reja


Prezidentning farmon va qarorlari hamda hududlarga tashriflarida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish


Download 37.25 Kb.
bet3/5
Sana14.03.2023
Hajmi37.25 Kb.
#1266936
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari

Prezidentning farmon va qarorlari hamda hududlarga tashriflarida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish
Prezident topshiriqlari asosida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dastur va chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2022 yilgi davlat budjeti loyihasida 47 tlrn 576 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘lar nazarda tutilgan.
Jumladan, davlat budjetidan 2022 yilda sohalar kesimida quyidagi davlat dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:

  • ta’lim sohasida hozirgi kun talablari darajasidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish dasturlari uchun 5 trln 412 mlrd so‘mdan ko‘proq;

  • fanni rivojlantirish dasturlari uchun 563,6 mlrd so‘m;

  • sog‘liqni saqlash sohasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha davlat dasturlariga 4 trln 205 mlrd so‘mdan ko‘proq;

  • madaniyat sohasidagi davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun 418,5 mlrd so‘m;

  • jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlariga 588,7 mlrd so‘m;

  • tadbirkorlik va aholi bandligini ta’minlash xarajatlari uchun jami 2 trln 889 mlrd so‘m;

  • qishloq xo‘jaligi sohasidagi davlat dasturlari va tadbirlar uchun jami 2 trln 327 mlrd so‘m, shundan: zararkunandalarga qarshi kurashish xarajatlarini qoplash hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlab qolishni ta’minlash xarajatlariga 50 mlrd so‘m;

  • jismoniy shaxslar tomonidan xonadonlarda yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiyalar uchun 120,2 mlrd so‘m;

  • 63 paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarda hamda uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 736,0 mlrd so‘m;

  • geologiya-qidiruv ishlari xarajatlariga qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish uchun 1 trln 200 mlrd so‘m;

  • «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarining xarajatlari uchun 1 trln 100 mlrd so‘m;

  • O‘zbekistonda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi xarajatlariga 80,0 mlrd so‘m;

  • issiqlik ta’minoti korxonalari uchun aholiga tariflarni past narxlarda ushlab turish natijasida ko‘rilgan zararni qoplash xarajatlari uchun 1 trln 152 mlrd so‘mdan ko‘proq;

  • mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga utilizatsiya xarajatlariga 100 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilmoqda.

Download 37.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling