Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi


Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi -


Download 387 Kb.
bet17/50
Sana23.09.2023
Hajmi387 Kb.
#1685638
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
амалиёт

Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi - Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Dehqon xo‘jaliklari uchun soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda soliq organlari tomonidan aniqlanadi.
Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabrigacha;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvarigacha.
Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon xo‘jaliklariga soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay topshiradi.
Soliq to‘lash tartibi - Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘laydi, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xo‘jaliklari mustasno.
Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining 20-yanvarigacha, yangi tashkil etilganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri ichida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.
Dehqon xo‘jaliklari tomonidan soliqni to‘lash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayigacha amalga oshiriladi.
Mol-mulk solig‘i

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling