Yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlarni hisoblab chiqarish tartibi, soliqdan imtiyozlari, soliqni muddatlarini, to‘lovchi tomonidan hisobotlarni taqdim etish.
Yuridik shaxs deb quyidagilar e’tirof etiladi -O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo’lgan, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda dahvogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot; chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti; O’zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
Yuridik shaxslar to‘laydigan Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
5) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
6) mol-mulk solig‘i;
7) yer solig‘i;
8) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi soliq kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari - Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Foyda solig‘i
Do'stlaringiz bilan baham: |