Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi


Soliq bazasiga tuzatish kiritish -


Download 387 Kb.
bet9/50
Sana23.09.2023
Hajmi387 Kb.
#1685638
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
амалиёт

Soliq bazasiga tuzatish kiritish - quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
2) ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda;
3) bitim shartlari o‘zgarganda, shu jumladan jo‘natilgan tovarlarning, ko‘rsatilgan xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) o‘zgarganda;
4) tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda. Ushbu bandda nazarda tutilgan tuzatish kiritish, agar siylovlar berish shartlari shartnoma shartlarida yoki soliq to‘lovchining narx (tarif) siyosatida nazarda tutilgan bo‘lsa, ilgari amalga oshirilgan tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar tovarlar yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) shartnomasining muayyan shartlarini xaridor tomonidan bajarishni, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) muayyan hajmini olishni va muddatidan oldin haq to‘lashni nazarda tutishi mumkin.
Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat soliq kodeksining 313-moddasiga muvofiq umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda ham amalga oshiriladi. Bunday holda tuzatish kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq bazasiga tuzatish kiritish (salbiy yoki ijobiy) qo‘shimcha hisobvaraq-faktura yoki boshqa holatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida soliq davrida amalga oshiriladi.
Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan soliq bazasiga tuzatish kiritish amalga oshirilayotganda, xaridor yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha hisobvaraq-faktura asosida ilgari o‘zi hisobga olish uchun qabul qilgan soliq summasiga tegishli tarzda tuzatish kiritadi (ko‘paytiradi yoki kamaytiradi).
Aksiz solig‘i
1. Aksiz solig’ining iqti­sodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o`rni.
O`zbekistonda aksiz solig’i 1992 yilda qo`shilgan qiymat solig’i bilan birgalikda oborot solig’i va sotuvdan olinadigan soliqlar o`rniga joriy qilingan. Uning qo`shilgan qiymat solig’idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo`llanilmaydi. Aksiz solig’i individual xarakterga ega bo`lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo`llaniladi.
Aksiz solig’i to`liq respublika byudjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste`molchilar zimmasida bo`ladi.

Download 387 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling