Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi
Download 387 Kb.
|
амалиёт
Kirish. Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi. Soliq mexanizmidan davltning ijtimoiy siyoati bilan uyg’unlashtirilgan holda moliyaviy funktsiyasidan tashqari ijtimoiy ishlab chiqarishning sifatiga, tarkibiga, ilmiy – texnika rivojining holati va yo`nalishlariga, iste`mol miqdori va sifatiga iqtisodiy ta`sir ko`rsatuvchi omil sifatida foydalaniladi. Respublikamizda bozor munosobatlari shakllanayotgan hozirgi davrda iqtisodiy tarraqqiyotni barqarorlashtirish uchun yangi boshqaruv usullaridan foydalanish zamon talabidir. Davlatimizning iqtisodiy munosobatlar va jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi asosiy dastaklardan biri soliq siyosatidir. Davlat byudjetining daromadini asosan soliqlar evaziga shakllanishi bu hech kimga sir emas, shunday ekan bu borada soliq to’lovchi sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik va jismoniy shaxslarni tashkil qiladi. Bugungi kun talabi aynan ana shu soliq to’lovchilarning oladigan daromadlarini to’liq hisob-kitobini yuritishga qaratilgan Respublikamiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosat va qabul qilinayotgan hujjatlar buning tasdig’idir. Davlat soliq xizmati organlari soliqlarni belgilangan muddatda davlat xazinasiga, ya’ni byudjetga tushishini nazorat qiladi. Shu maqsadda soliq xizmati idoralari soliq to’lovchi yuridik maqomga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlarini va tadbirkorlarni ro’yxatga oladi, soliqlarni to’g’ri to’lanishi bo’yicha tekshiruvlar o’tkazadi va soliq to’lovchilar faoliyatini nazorat qilib turadi. O`zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliqlarni takomillashtirish, soliq to`lovchilarga qo`shimcha imtiyozlar berish shu bilan birga ularni o`z vaqtida hisoblab davlat byudjetiga o`tkazish va bu soliqlardan tushgan pullarni O`zbekiston Respublikasida sifatli va raqobatbardosh tovrlar ishlab chiqarishni oshirish maqsadida, korxonalarda sharoitni yaxshilash, xususan hozirgi davrda ishchi xizmatchilrni rag’batlantirish uchun yo`naltirish. Soliq nazorati – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash ustidan nazorat. Nazorat tekshiruv ishlarini amalga oshirish davomida bevosita korxonanaing o’zida (hujjatli tekshiruv) yoki korxona tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan va soliq organi ixtiyoriga kelib tushadigan bank hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari va hisob-kitoblari asosida (kameral tekshiruv), Soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini sayyor soliq tekshiruvi, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallari qo‘llanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini amalga oshirilishi mumkin. Korxonalar ustidan doimiy nazoratga soliq organlarida xar bir soliq turi va boshqa majburiy to’lovlarni xisoblash va kelib tushishi ustidan operativ buxgalteriya hisobini joriy etish orqali erishiladi. Soliq nazorati soliqqa tortiladigan sub’ektlar va ob’ektlarni hisobga olishining, shuningdek soliq to’g’risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat. Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortilishi lozim bo’lgan sub’ektlar va ob’ektlarni xisobga olish, soliqlarga doir tekshiruvlar o’tkazish, soliq to’lovchilar, boshqa hujjatlarni so’rab surishtirish vositasida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida davlat soliq xizmati organlarida soliqlar bo’yicha huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish sohasida faoliyatni yuqori organ sifatida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi olib boradi. Davlat soliq xizmati organlari o’z faoliyatlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi qonunga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalariga asoslanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2022 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida” gi Qonuni bilan mamlakatimizda soliq siyosatini yanada liberallashtirish, soliq yukini kamaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish va soliqqa tortish tartibini soddalashtirish, tadbirkorlik sub`ektlariga ko`maklashish va ularning huquqiy erkinligini oshirishga katta e`tibor qaratilgan. Download 387 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling