Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida soliqlar va boshqa to`lovlar asosiy manba sanaladi. Bu mablag’lar hisobidan davlat va ijtimoiy dasturlar moliyalashtiriladi, davlat tuzilmalarining faoliyati ta`minlanadi
Download 387 Kb.
|
амалиёт
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKOZ: 1.
- Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Soliq to‘lovchilar
Soliq stavkalari - Foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) 0 foizli stavka bo‘yicha soliq solish foydali qazilmalarning normativ yo‘qotishlariga taalluqli qismi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
[OKOZ: 1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.05.00 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to‘lovlar / 07.10.05.04 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi] Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi Soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda soliq hisoblab chiqariladi. Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Soliq hisoboti soliq hisobida turgan joydagi, noruda foydali qazilmalar bo‘yicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: yuridik shaxslar tomonidan — ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay. Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi: yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay; jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Soliq to‘lovchilar - Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar. O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar; suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar; dehqon xo‘jaliklari. Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun. Download 387 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling