Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Davlat byudjeti daromadlari va bozar iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tarkibidagi oʻzgarishlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin. Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: • soliq shaklidagi daromadlar; • soliq bo’lmagan daromadlar; • tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. Davlat byudjetiningsoliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. • davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); • davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); • fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat sub’yekt-lariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar; moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari); soliq xarakteriga ega bo’lmagan boshqa daromadlar. Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko’rinishlari ham hisobga olinishi mumkin: •davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar; •kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mab- lag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar; •davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar; •qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti mablag’laridan foydalanganlik uchun haq; •davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar; •davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); •davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar. Daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini sotishdan olingan tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir mablag’lar belgilangan muddatlarda byudjetga o’tkazilishi zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi. Bu holat davlat byudjetiningijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni to’liq va o’z vaqtida byudjetga jalb etishga xizmat qiladi. Sub’ektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil usulni qo’llash evaziga olinishi mumkin: 1)soliq usulida; 2)soliq bo’lmagan usulda. • Davlat byudjetiningdaromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklan- maydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetiningshunday daromadlari tarkibiga kiradi. • Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byud-jetining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda. soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar; davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda- larini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. • Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’im-lar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari jarima sank-tsiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan,shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari,rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) mustasno,mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov,O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi. belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; yagona soliq to’lovi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq; qo’shilgan qiymat solig’i; aktsiz solig’i; yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; • 1)umumdavlat soliqlari, shu jumladan: • • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; • • yagona soliq to’lovi; • • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; • • qo’shilgan qiymat solig’i; • • aktsiz solig’i; • • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; • 2)bojxona bojlari; • 3)qo’shimcha foyda solig’i; • 4)mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi; • 5)boshqa daromadlar. • Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Davlat byudjeti daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin. • Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini tashkil etadi. Turli sub’yektlardan kelib tushadigan davlat byudjeti daromadlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan. • Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan, mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Masalan, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari uchun quyidagi tarkib va tuzilma shakllangan: mamlakatimiz davlat byudjetining daromadlari ayni paytda to’g’ri (bevosita) soliqlar, egri (bilvosita) va resurs to’lovlari va mol- mulk solig’i, ustama foydadan olinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan- tirish uchun soliq va boshqa daromadlardan tarkib topmoqda. • Davlatimiz byudjetining daromadlarini tarkibiy tuzilmasida egri (bilvosita) soliqlar, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, bojxona bojlari, jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi va transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hal qiluvchi rol o’ynamoqda. Aynan shu guruhga kiruvchi soliqlar hisobidan davlat byudjeti daromadlarining yarmi (50,23%) shakl-lanayapti. Bu soliqlar orasida qo’shilgan qiymat solig’i (28,15%) va aktsizlar (16,47%) davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Birgina qo’shilgan qiymat solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismidan ko’prog’i shakllanayotganligi bu soliqning davlat byudjeti daromadlari tuzilmasidagi o’rni katta ekanligini yaqqol ko’rsatayapti. • Shuningdek, Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida to’g’ri (bevosita) soliqlar ham o’z o’rniga ega. Ular yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismi tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (jami to’g’ri (bevosita) soliqlarning 49,4%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hissasiga to’g’ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida rol (5,2%) o’ynamoqda. • Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining 15,95% tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (shu guruhga kiruvchi soliqlarning 61,6%) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa to’g’ri kelayapti E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling