Davlat byudjeti g'azna ijrosi to’G’risida


DAVLAT BUDJETINING G‘AZNA IJROSI TO‘G‘RISIDA


Download 0.58 Mb.
bet2/10
Sana15.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1272324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“DAVLAT BYUDJETI G\'AZNA IJROSI TO’G’RISIDA”GI QONUNNING QABUL QILINISHI, MAZMUNI VA AHAMIYATI

DAVLAT BUDJETINING G‘AZNA IJROSI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalarining) va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larining g‘azna ijrosi (bundan buyon matnda Davlat budjetining g‘azna ijrosi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Davlat budjeti g‘azna ijrosining asosiy prinsiplari
Davlat budjeti g‘azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat.
4-modda. Davlat budjetining g‘azna ijrosi
Davlat budjetining g‘azna ijrosi Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek Davlat budjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat.
5-modda. Davlat budjetining g‘azna ijrosi muddatlari
Davlat budjetining g‘azna ijrosi moliya yili mobaynida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling