Davlat byudjeti g'azna ijrosi to’G’risida


Download 0.58 Mb.
bet3/10
Sana15.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1272324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“DAVLAT BYUDJETI G\'AZNA IJROSI TO’G’RISIDA”GI QONUNNING QABUL QILINISHI, MAZMUNI VA AHAMIYATI

6-modda. G‘aznachilik
Davlat budjetining g‘azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari (bundan buyon matnda G‘aznachilik deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-sonli “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
7-modda. G‘aznachilikning asosiy vazifalari
G‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Davlat budjetining kassa ijrosi;
Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish, yagona g‘azna hisobvarag‘ini va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish;
budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;
Davlat budjetida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni amalga oshirish;
Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va hisobotni tuzish;
O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi nizomi.
(7-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish vositalarini to‘liq va tizimli hisobga olish.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 6-apreldagi O‘RQ-204-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 174-modda)

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling