Давлат бюджети харажатлари таркиби


Download 239.5 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi239.5 Kb.
#1528406
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BI 57-2 MALIKOV MA\'RUF DAVLAT BYUDJETI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET

DAVLAT BYUDJETI”


FANIDAN


Mustaqil ish


Bajardi: 4-kurs BI_57-2 guruh talabasi: Malikov Ma’ruf
TOSHKENT 2022
Mavzu: Davlat byudjetini boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish obyektlari va subyektlari, ularning guruhlanishi, asosiy vazifalari
Reja:
Kirish

  1. Davlat byudjetini boshqarish masalalarining dolzarbligi

  2. Byudjetni boshqarish obyektlari va subyektlari, ularning guruhlanishi, asosiy vazifalari

  3. Davlat byudjetini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy yo’nalishlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


Kirish
Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya nazariyasida markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xo’jaligi o’z-o’zini tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko’rinmas qo’li”) bo’lishiga qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy taraqqiyotdan ma’lumki, umuman olganda, kapitali­stik bozor xo’jaligining yuzaga kelishi faol davlat aralashuvi bilan birga sodir bo’lgan. Masalan, 1563 yilda ingliz qirolichasi Elizaveta I milliy baliqchilikni qo’llab-quvvatlash va unga bo’lgan talabni oshirish maqsadida o’z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta go’sht mahsulotlarini iste’mol qilishni ta’qiqlagan. 1666 yilda esa Angliyada jun mahsulotlarini sotish bilan bog’liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilgan, xususan, vafot etgan fuqarolarni jun matodan bo’lgan kiyimlarda dafn etish majburiy qilib qo’yilgan, bu qonunni buzganlarga 5 funt-sterling miqdorida jarima belgilangan.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarning fikricha, bozorning “ko’rinmas qo’li” davlatning “ko’rinadigan qo’li” bilan to’ldirilib turilishi kerak. Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi bu aralashuvning qay darajada bo’lishi bilan bog’liq, lekin davlatning tartiblovchi tamoyili asosan ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko’ra, bozor jamiyatda mavjud bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini o’z-o’zidan hal qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o’z-o’zini tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik sharoitida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo’shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji tug’iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – davlatning iqtisodiyotni tartiblovchi dastak va vositalaridir. Iqtisodiyotni faqat “ko’rinmas qo’l”ga tashlab qo’yish ijobiy natija bermasligini va bu haqiqatning naqadar to’g’ri ekanligini bugungi kundagi reallik, jahonda yuz berayotgan to’fonlar tasdiqlab turibdi.
2017 yilga kelib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-721-son Qarori (01.11.2017) qabul qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish loyihasini yangi ishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish belgilandi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri – budjet tizimining to’liq shaffofligini ta’minlash maqsadida budjet mablag’larini ularning oluvchilariga etkazishda kechikishlarga, qarzdorlikka yo’l qo’ymaslik, budjet mablag’laridan maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, budjetlararo munosabatlar samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi budjetlarning hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad va xarajatlari hisobraqamlarini G’aznachilikka o’tkazishdan iborat.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat budjetining g’azna ijrosi mexanizmlarini O’zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. G’aznachilik tizimi davlat budjetini ijro etishning samarali va amaliy mexanizmi hisoblanib, unda davlat daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha operatsiyalar G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
Muhtaram Prezidentimiz bu borada shunday degan edilar: “Davlatning xazinasi, uning daromad va buromadini, bugungi va ertangi kunini belgilaydigan boylik qaerda saqlanadi, kim uni himoyalaydi? Albatta, Moliya vazirligi. Shu ma’noda, agar menga qolsa, Moliya vazirligini Xazina vazirligi deb atagan bo’lardim”.




  1. Download 239.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling