Давлат бюджети харажатлари таркиби


Byudjetni boshqarish obyektlari va subyektlari, ularning guruhlanishi, asosiy vazifalari


Download 239.5 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi239.5 Kb.
#1528406
1   2   3   4   5
Bog'liq
BI 57-2 MALIKOV MA\'RUF DAVLAT BYUDJETI

Byudjetni boshqarish obyektlari va subyektlari, ularning guruhlanishi, asosiy vazifalari

Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarining fikricha, bozorning “ko’rinmas qo’li” davlatning “ko’rinadigan qo’li” bilan to’ldirilib turilishi kerak. Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi – bu aralashuvning qay darajada bo’lishi bilan bog’liq, lekin davlatning tartiblovchi prinsipi asosan ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko’ra, bozor o’z-o’zidan mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini hal qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o’z-o’zini tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik davrida iqtisodiyotni barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun, iqtisodiyotni tartiblovchi qo’shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji
tug’iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri - bu davlatning iqtisodiyotni tartiblovchi unsurlari – dastak va vositalaridir. Ana shu dastak va vositalar ichida davlat byudjeti asosiy o’rinni egallaydi. Davlat byudjeti davlatning qo’lidagi iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish quroli bo’lish bilan birga, iqtisodiy kategoriya sifatida muayyan iqtisodiy munosabatlar yig’indisini tashkil etadi, bu munosabatlarni boshqarish davlat byudjetini va, umuman, mamlakat byudjet tizimini boshqarishda namoyon bo’ladi.

Byudjet tizimini boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • byudjet tizimining asosiy tamoyillariga amal qilgan holda byudjet munosabatlarini boshqarish;

  • barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish, ijro etish jarayonlarini boshqarish;

  • byudjet jarayonida ishtirok etuvchi subyektlar, organlar va byudjet mablag’larini oluvchilar faoliyatini boshqarish.


B yudjet tizimini boshqarish ham boshqarish kategoriyasining barcha funksiyalarini bajaradi, ular orqali byudjet tizimini boshqarish oldidagi maqsad va vazifalar amalga oshiriladi. Bu funksiyalar: rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat va rag’batlantirish.
Byudjet tizimini boshqarish tushunchasi subyektiv tushuncha bo’lib, u alohida vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi, ularning vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli boshqaruv organlari Nizomlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan.
Byudjet tizimini boshqarish obyektlari bo’lib byudjet munosabatlari, byudjetning daromadlar bo’yicha shakllanishi va xarajatlar bo’yicha bajarilishi, byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan ajratilgan mablag’laridan foydalanish asosidagi xo’jalik-moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Byudjet tizimini boshqarish subyektlari esa bevosita shu munosabatlarni boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi muayyan vakolatlarga ega bo’lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – boshqaruv organlaridir. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarini, byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlariga ko’ra, quyidagicha guruhlash mumkin:

6.1-rasm. Byudjet tizimini boshqarish subyektlarining guruhlanishi
Byudjet tizimini boshqarish organlarining vakolatlari, funksiya va vazifalari O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, tegishli organlarning nizomlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan belgilab beriladi
Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini ta’­minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga eri­shish, yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va ni­hoyat iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir.
Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. G’aznachilik - budjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va budjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va budjet mablag’larining maqsadli ishlati­lishini ta’minlash va nazorat qilish asosida to’lovlarni amalga oshiradi.
Davlat budjeti g’azna ijrosiga o’tishgacha bo’lgan davrda budjet ijrosi jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi:

  • budjet tushumlarini taqsimlash;

  • tegishli budjetlarda jamlangan mab­lag’larni budjetdan mablag’ oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga o’tka­zish.

Davlat budjeti ijrosining bunday tartibida budjet mablag’larining keyingi taqdiri butunlay foydala­nuv­chilarning ixtiyoriga bog’liq bo’lib qoldi. Davlat budjeti mablag’laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina buxgalteriya hisobotlari orqali so’nggi nazorat usullaridan foydalangan holda tekshirish mumkin edi.
Mazkur muammolarni e’tiborga olgan xolda, Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tizimida budjetni g’aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul bo’lgan institutsional tuzilma shakllantirildi.


  1. Download 239.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling