Davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimiga o’tishning zarurligi, mohiyati va vazifalari


G‘aznachilikning yagona hisobraqami


Download 1.27 Mb.
bet6/7
Sana27.10.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1727054
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
g`azlachilik 1

G‘aznachilikning yagona hisobraqami.

  • Byudjet tizimi byudjetlari ijrosini ta’minlashda soliqli va soliqsiz davlat tushumlarini to‘plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun g‘aznachilik tomonidan g‘aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi. Yagona g‘azna hisobraqami g‘aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo‘lib, bu hisobraqamda davlat byudjeti mablag‘lari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari kiritiladi. Yagona g‘azna hisobraqamidan davlat byudjetida mablag‘lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to‘lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari amalga oshiriladi. G‘aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlatning maqsadli fondlarining mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun g‘aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g‘aznachilikning yagona hisobraqami qoldig‘ining ajralmas qismi hisoblanadi.

G‘aznachilikning bosh kitobi.

  • G‘aznachilikning bosh kitobi – byudjet ijrosi g‘aznachilik usulining asosiy elementlaridan biridir. G‘aznachilikning bosh kitobi bilan hukumat resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko‘rsatadi. G‘aznachilikning bosh kitobi byudjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir. G‘aznachilikning bosh kitobida davlat muassasalari bilan bo‘ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar o‘z ifodasini topadi. G‘aznachilikning bosh kitobi g‘aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo‘ladigan operatsiyalardagi barcha buxgalteriya provodkalarini aks ettiradi. G‘aznachilikning bosh kitobi ham respublika byudjetidan, ham mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish hisob-kitobining o‘z vaqtida yuritilishini ta’minlaydi. G‘aznachilikning bosh kitobi o‘z ichiga juda ko‘p byudjet birliklarini birlashtiradi. G‘aznachilikning bosh kitobida byudjetning barcha daromadlari va xarajatlari ko‘rinadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling