Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini


Download 36.5 Kb.
bet1/4
Sana19.12.2022
Hajmi36.5 Kb.
#1033366
  1   2   3   4
Bog'liq
21 30


  1. Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini
    taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib,
    ular oraliq xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan
    daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida
    vujudga keladi. Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan
    mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’-lari tashkil etadi. Bu
    moliyaviy kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli
    soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
    Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki
    (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning
    absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy
    daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy,
    iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga
    muvofiq davlat byudjetida mablag’larni yig’ish miqdori va ularni undirishning
    shakl va usullari aniqlanadi.
    Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi
    prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:
     soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining
    tugashiga olib kelmasligi kerak;
     soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanmog’i lozim;
     soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga ta’sir
    ko’rsatmasligi;
     soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
     davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha kam xarajat bo’lishi
    lozim;


  2. Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan davlat
    byudjetiningko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy
    xususiyatlarga egadir. Ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul
    shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan
    tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjetining xarajatlari bir butunning
    o’ziga xos qismi bo’lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari
    mablag’laridan foydalanish va tegishli fond-larni shakllantirish bilan bog’liqdir.
    Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari kapital va joriy
    xarajatlarga bo’linadi.
    Davlat byudjetiningkapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga
    yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
    a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan
    tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan
    xarajatlar;
    b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat byudjeti kreditlari
    sifatida beriladigan mablag’lar;
    c) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital
    ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa
    xarajatlar;
    d) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulk miqdorini oshirish
    yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
    e) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq davlat
    byudjetiningkapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar.

  3. Nazariy jihatdan olib qaralganda davlat byudjetining sog’lom (normal)
    faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daro-madlar va xarajatlarning tengligini
    taqozo etadi. Haqi-qatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish
    uchun davlat byudjeti shu miqdordagi daromadlarga ega bo’lishi kerak. Aks holda
    bu xarajatlarni to’la amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Davlat byudjeti
    daromadlari va xarajatlari miqdorlarining o’zaro tengligi davlat byudjetining
    muvozanatlashtirilganligidan (balanslashtirilganligidan) dalolat beradi. Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, davlat byudjeti defitsiti vujudga
    kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
     iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital
    qo’yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi;
     favqulodda hodisalar yuz berishi;
     iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning emirilishi;
     moliya-kredit tizimlarining etarli darajada samarali emasligi;
     hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajada nazorat
    qilolmasligi;
     ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi;
     tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi;
     davlat byudjeti xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)-ning oqilona
    emasligi;
     mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan yashashga
    intilish;
     harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
     real ichki imkoniyatni etarli darajada hisobga olmagan holda boshqa
    mamlakatlarga yordam berilishi;
     davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivoj-lantirishga rag’batlantiruvchi
    sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo’lmagan
    davlat byudjeti mexanizmining mavjudligi;
     boshqa sabablar.
    Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan stra-tegik
    yondashuv (strategiya) quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishini taqozo
    etadi:
     davlat byudjeti defitsitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga
    harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning “davolanish”i o’rniga
    “kasalligi” kuchayadi;
     davlat byudjetiningbalansliligi, daromadlarning xarajat-lardan ko’pligi
    ba’zan iqtisodiyotning sog’lom va uzluksiz rivojlanayotganligidan dalolat bermaydi;  davlat byudjeti defitsitining darajasi, odatda, mamlakat yalpi ichki (milliy)
    mahsuloti miqdorining 2-3%idan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni
    tezroq kamaytirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak;
     davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli
    shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini
    moliyaviy bozorga joylashtirish ham maqsadga muvofiq. Muomalaga ko’proq
    miqdorda pul chiqarish yo’lidan esa foydalanmaslik kerak;
     davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish
    uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana
    shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

  4. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy va mahalliy davlat
    boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgan
    moliyaviy mablag’lar yig’indisidir. Ular alohida davlat moliya tizimining
    ajralmas bo’g’ini hisoblanadi. Bu jamg’armalarni moliyaviy mablag’larining
    shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita
    moliyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlash-tiriladi va tartibga
    solinadi.
    Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari ijtimoiy-iqtisodiy
    xususiyatiga ko’ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur
    ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni qayta
    taqsimlash orqali tashkil etiladi. Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan
    ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish uchun
    jismoniy va yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslarning bir qismini
    byudjetdan tashqari jamg’armalari ixtiyoriga moliyaning taqsimlash funksiyasi
    orqali jalb qiladi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini tashkil etish tartibi va
    shakllantirish metodlari
    . Rivojlangan mamlakatlarning ilg’or tajribalariga
    tayanib aytish mumkinki, odatda Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari
    quyidagi shartli ikki yo’l orqali tashkil etiladi:
    1. Davlat byudjetiga ajratilishi lozim bo’lgan mablag’lar hisobidan muhim
    umumjamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan muammolarni hal etish uchun ma’lum bir
    xarajatlarni tashkil etish;
    2. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armasini shaxsiy (o’zlik), maxsus
    ajratma va badal mablag’lari hisobidan shakllantirish.


Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling