Davlat byudjetining mohiyati. Davlat byudjetining funksiyalari. Davlat byudjetining ahamiyati
Download 67.79 Kb.
|
Davlat byudjetining mohiyati. Davlat byudjetining funksiyalari.
Davlat nobyudjet fondlari byudjetlari, byudjetlar daromadlar va xarajatlarining tо‘liq aks etishi prinsipi byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlarining barcha daromad va xarajatlari hamda soliq va byudjet qonunchiligi hamda davlat nobyudjet fondlari tо‘g’risida qonunlarga muvofiq belgilan barcha boshqa majburiy tuShumlar byudjetlarda, davlat nobyudjet fondlarining byudjetlarida majburiy tartibda va tо‘liq hajmda о‘z aksini topish kerakligini anglatadi. Barcha umumdavlat va mahalliy xarajatlar mamlakat byudjet tizimida о‘z aksini topgan byudjetlarning mablag’lari va davlat nobyudjet fondlarining mablag’lari hisobidan Moliyalashtiriladi.
Soliq kreditlari, soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha kyechiktirishlar va muddatlarning о‘zgartirilishi byudjetlar va davlat nobyudjet fondlarining byudjetlari daromadlari va xarajatlari bо‘yicha tо‘liq ravishda alohida hisobga olinadi (joriy Moliyaviy yil doirasida beriladigan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha kyechiktirishlar va tо‘lov muddatlarining о‘zgarilishidan tashqari). Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda kо‘zda tutilgan xarajatlarning hajmi byudjet daromadlari va uning defisitini Moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tuShumlarning jami hajmiga tyeng bо‘lishi kerakligini bildiradi. Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli organlar byudjet defisiti miqdorini minimallashtirishning zarur ekanligidan kelib chiqishlari kerak. Byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorliligi va tyejamliligi prinsipining ma’no-mazmuni Shundan iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va byudjet mablag’larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va ularning ijrosini ta’minlashda, eng avvalo, kо‘zda tutilgan (Rejalashtirilgan) maqsadlarga erishishda mablag’larning eng kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi byudjet mablag’laridan foydalangan holda eng Yuqori natijaga erishishning zarurligidan kelib chiqmoq kerak. Byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi (yoppasigaliligi) prinsipi byudjet barcha xarajatlarining Shu byudjet barcha daromadlari umumiy summasi va uning defisitini Moliyalashtirish manbalari hisobidan tushgan tuShumlardan qoplanishi kerakligini anglatadi. Byudjet daromadlari va uning defisitini Moliyalashtirishning manbalaridan tuShumlar byudjetning mahlum xarajatlari bilan bog’langan bо‘lishi mumkin emas (maqsadli byudjet fondlarining daromadlari, maqsadli xorijiy kredit mablag’lari, mamlakat byudjet tizimida boshqa darajadagi byudjetlar mablag’larining markazlashtirilish holatlari bundan mustasno). Byudjet tizimidagi oshkoralik prinsipi ochiq matbuotda tasdiqlangan byudjet va uning ijrosi tо‘g’risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, byudjet ijrosi jarayonida ma’lumotlarning tо‘liq va tо‘g’ri berilishini, davlat hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining yaratilganligini, byudjet loyihasi bо‘yicha qarorlarni kо‘rib chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari о‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ifodalovsi masalalar bо‘yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun albatta ochiq bо‘lishini kо‘zda tutadi. Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika byudjeti tarkibida amalga oshiriladi. Byudjetning haqqoniyligi prinsipi tyegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bashorat (prognoz) kо‘rsatkichlarining ishonchli hamda byudjet daromadlari va xarajatlari hisob-kitoblarining haqqoniy bо‘lishi kerakligini taqoza etadi. Byudjet mablag’larining adryesliligi va maqsadli xarakterdaligi prinsipi byudjet mablag’larini konkryet oluvchilar ixtiyoriga byudjet mablag’larining aniq maqsadlarni Moliyalashtirilishi yо‘nalishi oldindan belgilangan holda bо‘lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda kо‘zda tutilgan mablag’lar adryesliligini yoki byudjetda kо‘zda tutilmagan maqsadlar uchun uning yо‘nalishini о‘zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat byudjet qonunchiligini buzish hisoblanadi. Mamlakat byudjet tizimini boshqarish sohasida tyegishli hokimiyat organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat: Davlat byudjeti loyihasining ishlab chiqilishini tashkil etish va uni О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish; Davlat byudjetining ijrosini tashkil etish; О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat byudjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; Davlat maqsadli fondlari mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash; Davlat byudjeti ijrosi tо‘g’risidagi hisobotni О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig’iga kiritish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Shuningdyek, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari ham byudjet tizimini boshqarish sohasida bir nyecha vakolatlarga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jо‘qorg’i Kengyesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vakolatlar xosdir: tyegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qilish, Shuningdyek ularning ijrosi tо‘g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash; qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig’imlar va tо‘lovlar miqdorlarini hamda ular bо‘yicha imtiyozlarni belgilash; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi va tyegishli hokimiyatlar esa: Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini tyegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jо‘qorg’i Kengyesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etish hamda ularning ijrosi tо‘g’risidagi hisobotlarni tuzish; byudjetga tuShumlarning tо‘liq va о‘z vaqtida tushishi hamda byudjet mablag’laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin. О‘z navbatida, mamlakat byudjet tizimini boshqarishda О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol о‘ynab, u bu sohada quyidagi vakolatlarga egadir: Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash; Davlat byudjeti mablag’larining tuShumi va sarfi tartibini belgilash hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish; Respublika byudjetining xarajatlarini amalga oshirish; Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ruyxatdan о‘tkazish; Byudjet mablag’lari oluvchilarning Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, Shuningdyek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish; Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Download 67.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling