Davlat byudjft va
Download 0.57 Mb.
|
V
mexanizmlari joriy etildi, soliq organlarining yaxlit tizimi yaratildi. O‘zbekistonda bugungi kunda olib borilayotgan soliq siyosati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq yukini yanada pasaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, aholining real daromadlari va ularning xarid qilish qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Iqtisodiy o‘sishga erishish uchun avvalo, soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini optimallashtirish lozim. Chunki yuqori soliq stavkalari qo‘llanilishi korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini cheklashga olib keladi. Shu bois, muhtaram Prezidentimiz I.Karimov 2005 yilning 28 yanvarida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga atroflicha to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruzalarida soliq to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini engillashtirish, soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar. "Prinsipial muhim ustuvor vazifalardan biri - soliq siyosatini yanada takomillashtirish. Aytish joizki, yuqorida zikr etilgan ustuvor vazifalarning barchasi soliq siyosatimizni takomillashtirish bilan bevosita bog‘liqdir. “...Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim”.5 Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor qaratib kelindi. Bunda, birinchi navbatda, ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‘ini pasaytirish lozimligi alohida ahamiyatga ega. Buning natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushining ko‘payishi evaziga ularning aylanma mablag‘lari miqdorini oshirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, uning samaradorligini oshirish maqsadida investitsiyalarni keng jalb etish, ishchi- xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkoni yaratiladi. O‘zbekistonda soliq yukini kamaytirishga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ish beruvchilar uchun ish haqi tarzidagi daromadlarga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov va boshqa shu kabi asosiy soliqlar stavkalarini kamaytirish, ayrim samarasiz soliqlar va yig‘imlarni bekor qilish yoki ularning soliq solish bazasini qisqartirish, shuningdek, iqtisodiyotning ayrim tarmoq va soha korxonalariga soliqlardan turli imtiyozlar berish orqali erishildi. Natijada soliq yuki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1991 yilda 41,2 foizni tashkil etgani holda 2000 yilda 27,9 foizni, 2015 yilda esa 20 foizni tashkil etdi (4-rasm). Boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olganda bu ko‘rsatkich 30-33 foizdan oshmaydi. Dunyo davlatlari soliq amaliyotida bu ko‘rsatkich normal holat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: "O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsada, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi".6 Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling