Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.- 17th ed. P-210
- Kapitalistik iqtisodiyot har doim ham o‘zini- o‘zi tartibga solishga layoqatli emas. Shunday ekan, mehnat va kapital yuqori darajada umumlashgan sharoitda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi muqarrardir. Bunda davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiyotni narx yordamida tartiblash mexanizmi orqali to‘ldirib borilishi zarur;
KEYN
SCHILIK
Takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan ortiqcha ishlab chiqarish, iqtisodiy beqarorlik holatlarining sababi talabning etishmasligidandir, shunday ekan iqtisodiyotdagi muvozanatlikni ta’minlash muammosini talab nuqtai nazaridan hal qilish zarur. Buning uchun Keyns “samarali talab” tushunchasini kiritadiki, u daromad va bandlik, iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvozanatlikni o‘zida muj assamlashtiradi;
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi muhim dastagi bu byudjet siyosatidir. Davlat byudjeti va
moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi ishchi kuchi va ishlab chiqarish uskunalarining bandligini ta’minlashdan iboratdir2.
Iqtisodiyotning siklik rivojlanishi va krizislarni bartaraf etishning asosiy dastagi bu - davlat xarajatlaridir. Keynsning fikricha, uning shakllanishi, tuzulishi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishdagi muhim omildir.
Shunday qilib, Keyns davlat monopolistik kapitalislik iqtisodiyotni tartibga solishda yangi moliya nazariyasining ustuvor yo‘nalishini ishlab chiqdi. Mazkur moliyaviy siyosat Keyns izdoshlari tomonidan (Amerikada - R.Xarrod, A.Ouken, U.Xeller,
Do'stlaringiz bilan baham: |