Davlat byudjft va


Download 0.57 Mb.
bet5/15
Sana08.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#251028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Neok onser ^ vator lar
Buyuk Britaniyada - J.Vaysman, Fransiyada - F.Perru, Yaponiyada - K.Emi, X.Itolar) amaliyotga joriy etildi. Bu 40-60 yillarda iqtisodiyotni tartibga solishda ijobiy natijalarni berdi. 70-yillargacha ko‘pchilik etakchi g‘arb davlatlarning moliya nazariyasi va amaliyoti asosida Keyns nazariyasining qoidalari yotadi.

Neokonservatorlar Keyns ta’limotining ayrim kamchiliklarini topib, unga muqobil o‘z konsepsiyalarini ilgari suradi. Bular asosan quyidagilardan iborat:



  1. Keyns konsepsiyasidagi inflsiyani jilovlash, ishlab chiqarish va bandlikni kengaytirishda moliyaviy dastaklardan foydalanish to‘g‘risidagi fikriga qarshi muomaladagi pul miqdorini kamaytirish haqidagi g‘oyalari;

  2. Soliqlarning tez o‘sishi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarning moddiy manfaatdorligini pasaytirib yuborishi sababli taklifni kengaytirish orqali iste’molchilik talabini

  3. muvozanatlashtirish, soliqlami ratsional darajada pasaytirib, erkin xususiy tadbirkorlik va bozor raqobatini rivojlantirish to‘g‘risidagi fikrlari;

  4. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi faqatgina ayrim xizmatlar, xo‘jalik faoliyatini himoya qilish bilan cheklanishi kerakligi to‘g‘risidagi fikrlari;

Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, uning uchta yo‘nalishi, ya’ni iqisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy faoliyatni chegaralash siyosatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.

Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqib, fiskal siyosat bandlik darajasini va shu orqali YalM real hajmini oshirishga yo‘nahiriladi. Bunda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat xarajatlarining o‘sishi va soliq stavkalarining pasayishi hisoblanadi.

Boshqacha aytganda, hozirgi davrda davlatning byudjet barqarorligini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy siyosati iqtisodiy inqiroz yoki turg‘unlik davrida byudjet taqchilligini bartaraf etish maqsadlariga qaratilishi zarur.

Agar davlat o‘zining fiskal va xarajatlar siyosatidan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini bir me’yorda ushlab turishga va narxlarning barqarorligini ta’minlashga intilsa, bunda uning iqtisodiyotni barqarorlashtirish orqali iqtisodiy jarayonlarini rag‘batlantirish yoki ushlab turishga qaratilgan moliyaviy siyosat turlicha maqsadni ko‘zlab, bir-biridan farqlanadi.

Davlatning iqtisodiy faollikni cheklash siyosati real YAMM hajmining potensial darajasidan keskin farq qilishini kamaytirishga yo‘naltirilib, bu ayni vaqtda iqtisodiy o‘sish va uning tanazzuli davrlarida inflyasiya va ishlab chiqarishdagi inqirozli jarayonlardan qochishga qaratiladi.

Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tartibga solish orqali makroiqtisodiy muvozanatlikni ta’minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy mexanizmini tashkil qiladi.



Ma ’lumki, iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal siyosatning ikkita turi ajratiladi:

  1. Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat;

  2. Nediskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi siyosat.








Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling