Davlat byudjft va
Download 0.57 Mb.
|
1 — savol О Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
Moliya va moliyaviy munosabatlaming vujudga kelish tarixi insoniyat jamiyati rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, ming yillar avval paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobil davlatida amal qilgan Xamurapi qonunlari yoki Qadimgi Xindistonning Manu qonunlari, Xitoy, Yunoniston yoki Turon, Rim imperiyasi qonunlarining barchasida boj-xiroj, soliqlar to‘plash, davlat xazinasi hisob-kitobi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Ularda jamiyat hayotida mustahkam o‘rin tutgan pul hisob-kitobi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarga katta ahamiyat berilgan. CHunki moliya sohasida, soliq-boj sohasida to‘g‘ri siyosat yuritilishi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida: “Amr etdimki, raiyatdan mol-hiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yosh mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi” deya soliqlarning, moliyaning davlat va jamiyat hayotida muxim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tgan. Shunday qilib, uzoq o‘tmishda va hozirda ham, xarqanday mamlakatda, moliyaviy munosabatlar ko‘p qirrali bo‘lib, iqtisodiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Chunki iqtisodiy subektlar o‘rtasida yuzaga keluvchi pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining zarur tarkibi hisoblanadi. Bu munosabatlar tizimida moliya munosabatlari alohida muhim o‘rin egallaydi. Iqtisodiy munosabatlar pulning xarakati bilan tavsiflanishi; Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi; Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YAIM taqsimoti pul fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi. Moliya - bu turli darajada markazlashgan pul fondlari vositasida iqtisodiyot subektlari pul daromadlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Boshqacha qilib aytganda, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish extiyojlari va boshqa ijtimoiy extiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Korxonalar, uy xo‘jaliklari va davlat moliyaviy munosabatlar pul va unga tenglashtirrilgan moliyaviy aktivlar uning subektlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda - moliyaning boshqa pul munosabatlaridan farqlab turuvchi belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi: Iqtisodiy munosabatlar pulning xarakati bilan tavsiflanishi; Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi; Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YaIM taqsimoti pul fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo‘lishi. Moliyaning moxiyati uning vazifalarida to‘laroq namoyon bo‘ladi. Bular, moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag‘batlantirish va taqsimlash vazifalaridir. Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shunda ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni markazlashgan tartibda to‘planishiga harakat qiladi. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab chiqarish, iqtisodiyotda yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol ustidan nazorat o‘rnatadi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larining moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lishi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat moliya vositasida zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida, iqtisodiyot subektlar tasarrufiga moliyaviy mablag‘lar qanchalik o‘z vaqtida tushayotganligi, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini nazorat qiladi; Moliyaning taqsimlash vazifasi aniq iqtisodiy vaziyatda jamg‘arish va iste’molni optimallashtirish maqsadida milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Bu real ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari, mamlakat xududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Bunda milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‘lovlari, aksiz yig‘inlari kabilar orqali davlat byudjetida to‘planadi. Davlat to‘plangan milliy daromadning katta qismini moliyaviy vositalar orqali aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilish, tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa, stipendiya va shu kabilarga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy mudofaga, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. Shuni aytish lozimki, moliyaviy munosabatlar tizimida davlat moliyasi alohida o‘rin tutadi. Bunda nafaqat davlat, balki xususiy sektor korxonalari daromadining bir qismini undirish yo‘li bilan davlat pul fondlarini shakllantiradi. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash va unga xizmat ko‘rsatish vazifasini ham bajaradi; Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan maxsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, foizli daromadlarni tashkil qilish va taqdim qilish mexanizmi vositasida amalga oshiriladi. Ikki xolda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning pirovard natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy ximoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, axolining muhtoj qatlamlari qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar o‘z tirikchiligini yuritishni minimal darajada ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ijtimoiy himoyalash esa ularni moliyaviy ta’minlash, boshqacha aytganda, moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan davlat moliyasi yordamida amalga oshiriladi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni tizimli amalga oshirib boradi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar shular jumlasiga kiradi. Bundan tashqari ijtimoiy iste’mol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud bo‘lib, bularga bepul tibbiy xizmat, maorif, atrof muhitni muhofazalash kabilar kiradi. Moliya tizimiga yuklatilgan vazifalaming samarali amalga oshirilishi iqtisodiy o‘sish uchun xizmat qiladi. Moddiy va mehnat resurslarining to‘g‘ri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanish moliya faoliyatiga, uning vazifalari real bajarilishiga bog‘liq. Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sishni pul mablag‘lari bilan ta’minlashda ham moliyaning roli beqiyos. Moliya o‘z vazifalarini bajarish bilan birga iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni tartibga soladi, samarali xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirishni ham ta’minlaydi. Moliya tizimi. Umumdavlat moliyasi - davlat byudjeti, ijtimoiy sug‘urta hamda mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlatning markazlashgan byudjeti bilan birga xokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shaxar) byudjeti ham mavjud bo‘ladi. Bu joylarda mavjud moliyaviy resurslarni ancha to‘laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Xokimiyat quyi organlari byudjetning daromadlari o‘z xududidagi korxonalar daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi. Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar xisobiga ham to‘ldiriladi. Xokimiyat quyi organlari byudjet mablag‘lari tegishli xududda ta’lim, sog‘liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilish va shu kabilarga sarflanadi. Mol - mulk va shaxsiy sug‘urta moliya tizimining keyingi bo‘g‘ini xisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari xisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarining tashkil qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma’rifat ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z ichiga oladi. Kasaba uyushmalar, siyosiy partiya, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport tashkilotlari va boshqa ilmiy ma’rifiy jamiyatlarning ham o‘ziga xos moliyasi mavjud bo‘ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai, tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondli xo‘jalik subektlari va axolining pul mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va ular maqsadli ishlatiladi.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling