Davlat byudjft va
Davlat fiskal siyosati - bu
Download 0.57 Mb.
|
Davlat fiskal
siyosati - bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi. Yuqorida aniqlangan fiskal siyosat diskretsion (yoki faol) xisoblanadi. Odatda u prezidentning iqtisodiy maslaxatchilari kengashi tavsiyasi bilan yuritiladi. Bu prezident tomonidan iqtisodiy masalalarda yordam berish va ularni tekshirish uchun tayinlangan uch iqtisodchi guruhning iqtisodiy echimlari taklifidan kelib chiqib belgilanadi. Hokimiyat chiqimlari va soliqlaridagi diskretsion o‘zgarishlar federal hokimiyat qaramog‘ida bo‘lib, ular avtamatik ravishda ro ‘y bermaydi. Kongres faoliyatisiz yuzaga keladigan o‘zgarishlar nodiskretsion (yoki “passiv” yoki “avtomatik”), xisoblanadi1. Davlatning, turg‘un fiskal siyosati (fiskal restriksiya) qisqa davrda iqtisodiyotning “qizib ketish”ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat xarajatlarini taqazo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflyasiyasi sur’atini pasaytirishga imkon beradi. Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil qarashlarni tahlil qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar sharoitida amal qilish xususiyatlarini hamda davlatning iqtisodiyotga samarali ta’sir qilish dastaklaridan ekanligini asoslash va milliy iqtisodiyotning muvozanatligini ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishlarini, aniq iqtisodiy tamoyillarini belgilash zarur bo‘ladi. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy munosabatlami tartibga solishning zaruriy tarkibiy qismi va jamiyat rivojlanishini taqazo qiladigan talablaridan biri bo‘lib kelgan. Davlatning iqtisodiy siyosatiga mos ravishda moliyaviy siyosat dastaklari o‘zgarib va to‘xtovsiz takomillashib borgan. Davlat fiskal siyosati - bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o‘zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi. “Fiskal” lotincha “fiscus” so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni bildiradi. Bu o‘z navbatida “xazina siyosati” degan tushunchani ham yuzaga keltiradi. Fiskal, ya’ni xazina siyosatiga insoniyat tarixida o‘tgan yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qilgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan xazinani to‘ldiruvchi soliqlarga tayangan. Bu davrning moliyasi iqtisodiy tizimning eng muhim unsurlaridan biri bo‘lib, u davlat boshqaruvida markaziy o‘rinni egallagan. Ammo, moliyaviy munosabatlar bu davrda o‘z rivojida yuqori darajaga etmagan bo‘lib, u aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Shu bois “Temur tuzuklari”da “davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir. Dono vazir bularning uchalasini yaxshi ahvolda saranjom tutadi”, - degan fikr ilgari suriladi. Fiskal siyosatdan iqtisodiyotni tartibga solish va uning muvozanatligini ta’minlash dastagi sifatida foydalanish haqidagi fikr ingliz iqtisodchisi Л Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling