Davlat funksiyalari
Download 85.27 Kb.
|
Referat mavzu davlat funksiyalari bajardi Bobojonov M-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERAT Mavzu: DAVLAT FUNKSIYALARI Bajardi: Bobojonov M. Toshkent -2014
Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI REFERAT Mavzu: DAVLAT FUNKSIYALARI Bajardi: Bobojonov M. Toshkent -2014 Davlat funksiyalari Reja:
Davlat funksiyalari bilan bog`liq masalalarni o`rganish uning mohiyati, jamiyatda tutgan o`rni va ijtimoiy vazifasini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi. Odatda davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlari uning funksiyalari, deb ataladi. Ularning mazmuni boshqa tushunchalar bilan ham aloqadordir. Davlat funksiyalari uning davri, siyosati, maqsadi, vazifalari va faoliyati bilan chambarchas bog`langan. Avvalambor, davlat paydo bo`lginidan buyon uning rivojlanishida ko`p davrlar o`tgan. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida davlat funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o`zgarib boravergan. Masalan, ilk bor davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o`z mazmuni va hajmi jihatdan ancha farq qiladi. Bu holat birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalari bilan bog`liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, masalan, davlatning hozirgi davrda tan olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasi quldorlik davlatida bo`lmaganligini ko`ramiz, chunki bunga hali ehtiyoj ham bo`lmagan. U paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar yetarli va zararsiz bo`lgan. Har bir davrda davlat o`z oldiga ma`lum maqsadlarni qo`yadi, chunki u ma`lum guruhning Yoki butun xalqning manfaatini ifodalaydi. Masalan, davlatning demokratik jamiyat qurish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish, huquqiy davlatni shakllantirish kabi maqsadlari ijobiy bo`lsa, 30-yillarda fashistik davlatlar olga surgan butun jahonga hukmronlik qilish maqsadi boshqa mamlakatlar va o`z xalqi uchun salbiydir. Davlatning o`z oldiga qo`ygan maqsadi hamisha ham real bo`lavermaydi. Masalan, SSSRning 1977 yilgi Konstitutsiyasida shunday deyilgan edi: «Sovet davlatining oliy maqsadi - sinfsiz kommunistik jamiyat qurishdan iborat bo`lib, bu jamiyatda ijtimoiy kommunistik o`z-o`zini boshqarish rivoj topadi» (Muqaddima). Davlat o`z maqsadini amalga oshirish uchun tegishli siyosat yurgazadi. Bu siyosat negizida esa mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy ehtiyojlari yotadi, ya`ni davlat olib boradigan siyosat oqibat-natijada jamiyatning real hayotiga asoslanadi. Davlat siyosatining kuchi - uning adolatliligi va realligidadir. Davlatning siyosatini quyosh nurlariga o`xshatsa bo`ladi. Quyosh o`z atrofiga doimo nur tarqatib turginidek, davlat ham jamiyat va mamlakatning barcha ichki va tashqi muammolari yuzasidan o`z munosabatini, qarashlarini, yondashuvlarini, va eng muhimi, o`zining yaqin va uzoq davrga mo`ljallangan orzu-niyatlarini ifodalab turadi. Chunonchi, tinchliksevarlik yo bosqinchilik Yoki o`z mintaqasida gegemonlik uchun harakatni davlatning siyosatiga misol qilib ko`rsatish mumkin. Davlatning siyosati bilan uning maqsadi bir-biriga bog`liq, biri ikkinchisini to`ldirib turadi. Davlatning umumiy, kelajakka mo`ljallangan siyosati va maqsadidan uning muayyan vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari, uning funksiyalaridan farq qilib, hali bajarilmagan reja, ado etilishi lozim bo`lgan topshiriq, ko`rsatma, navbatdagi ishlar, tadbirlar hisoblanadi. Masalan, O`zR Konstitutsiyasining muqaddimasidagi «fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta`minlash maqsadi»ni ro`yobga chiqarib turish uchun O`zbekiston davlatining tegishli organlari qator tashkiliy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Davlat oldida turgan bitta vazifa uning bitta funksiyasiga hamisha ham aynan muvofiq bo`lavermaydi. Ba`zan dav-latning bosh vazifalari uning bir necha funksiyalari bilan amalga oshiriladi. Va aksincha, bitta funksiya orqali davlatning bir necha kichik vazifalari ado etilishi mumkin. So`ngra, har bir davlatning maqsadi, siyosati hamda vazifalarini amalga oshirish uchun uning o`zi va tegishli organlari zaruriy vakolatlar (huquq va burchlar yig`indisi)ga ega bo`ladi. Jamiyatning boshqarish tizimida davlat alohida mavqega ega bo`lib kelmoqda. Bu uning vakolat doirasini belgilaydi. Vakolatlarni amalga oshirish, bajarish, ado yetish esa, o`z navbatida, davlatning, uning idoralarining faoliyatini tashkil qiladi. Davlatning faoliyati, xuddi uning o`zidek, ob`yektiv xarakterga ega. Chunki davlatni keltirib chiqargan va mazkur bosqichida mavjud bo`lishini taqozo etuvchi zarurat va ehtiyojlar uning faoliyat ko`rsatishini talab etadi, aks holda u o`zining tarixiy tayinlanishini, vazifalarini hal eta olmaganligi tufayli yashashga, harakat qilishga qodir bo`lmay qoladi. Davlatning jamiyat va shaxs hayotiga aralashuvi darajasi uning funksiyalari chegarasini, mazmunini va qolaversa, ularning butun mohiyatini belgilaydi. Bu aralashuv jamiyat va insonning mazkur bosqichdagi talablari darajasida bo`lsa, demak, davlat ijobiy ahamiyatga ega bo`lgan qadriyatdir. Agar davlat bu ishlarga ortiqcha aralashsa, iqtisodiy va ijtimoiy erkinlikni chegaralab qo`ysa, hayotda salbiy rol o`ynaydi va totalitarizm sari qadam qo`ygan bo`ladi. Shuning bilan birgalikda jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi vazifalar faqat davlat faoliyati orqaligina hal etiladi, masalan, mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotni o`rnatish va qo`riqdash, shu jumladan jinoyatchilikka qarshi kurash kabilar. Davlat faoliyatining eng muhim sohalar (yo`nalishlar)ga bo`linishi, yuqorida aytginimizdek, uning funksiyalari-ni keltirib chiqaradi. Funksiyalar davlat faoliyatining shunchaki to`plami, arifmetik yig`indisi emas. Ular davlat faoliyatining muhim, asosan yirik sohalardagi yo`nalishlaridan iborat. Masalan, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot Yoki mamlakat mudofaasi sohalarida davlat olib borayotgan ishlarni alohida-alohida asosiy funksiyalar sifatida ko`rsatish mumkin va lozim. Shunday qilib, davlat funksiyalari uning siyosati, maqsadi, vazifalari va vakolatlari bilan belgilanadigan ma`lum bosqich (davr)dagi faoliyatining asosiy yo`nalishlaridir. Mazkur asosiy funksiyalar tarkibida tagin nisbatan kichikroq yo`nalishlar ham bo`lishi tabiiydir. Masalan, davlatning hozirgi zamondagi madaniy-tarbiyaviy funksiyasi tarkibida insonlarni ma`naviyat yutuqyaari asosida tarbiyalash bitta kichik yo`nalish bo`lsa, fan va texnikani taraqqiy ettirish - ikkinchi, oliy, o`rta maxsus va umumta`lim tizimini rivojlantirish - uchinchi yo`nalishdir va hokazo. Bundan tashqari, har bir funksiya qator qismlardan tarkib topadi. Buni aniqroq tushunish uchun quyida mudofaa funksiyasini misol keltiramiz. Mazkur funksiya tarkibiga: davlatning tashqi chegaralarini aniq belgilash va uni qo`riqlash chora-tadbirlarini ko`rish, qurolli kuchlarni shakllantirish va tarbiyalash, ularni qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta`minlab turish, zarur bo`lganda mamlakatni harbiy kuch bilan himoya qilish, davlat xavfsizligi haqida g`amxo`rlik qilish, mudofaa sohasidagi ishlarga rahbarlik qilish bo`yicha davlat organlarini tashkil yetish,
haqidagi qonunlarni yaratish hamda takomillashtirish kabilar kiradi. Davlat o`z funksiyalarini ado yetish uchun qonun chiqaruvchilik, ijro etuvchilik va sudlov faoliyatini olib boradi. Davlat o`z funksiyalarini amalga oshirishda ishontirish, rag`batlantirish va majbur yetish usullaridan foydalanadi. Mazkur shakllar va usullarning qo`llanish darajasi davlat funksiyalarining hajmi, davri, tizimi, xarakterli xususiyatlari bilan bog`liq. Davlat funksiyalarining mohiyati, mazmuni, ayrim bosqichlardagi xususiyatlari ularni tasniflashga sabab bo`ladi. Davlatning faoliyati ob`yektiv bo`lgini holda uning funksiyalarini tasniflash sub`yektiv xususiyatga ega. Chunki funksiyalarni tasniflash olimlar tomonidan fanda, nazariyada amalga oshiriladi. Shuning uchun ham hatto bir davrdagi funksiyalar tasnifi har xil ifodalanadi. Bu fikrga ishonish uchun davlat va huquq nazariyasidan yozilgan 3-4 ta darslikni ko`rish kifoya. Funksiyalarni tasniflash (guruhlarga, turlarga bo`lish) davlatning mohiyatini chuqurroq anglashga, uning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaqqolroq namoyish yetishga ko`maklashadi. Bunda davlat faoliyatining ma`lum bosqichdagi bosh yo`nalishlari (masalan, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi va boshqa sohalar) belgilovchi asos qilib olinadi, albatta. Ilgari, sovet davrida davlat funksiyalarini marksizmning davlatning tarixiy tiplari to`g`risidaga ta`limotiga binoan tasniflash prinsipi hukmron edi. Quldorlik va feodalizm tuzumida aholining bir qismi deyarli huquqsiz Yoki chegaralangan doirada huquqli bo`lgan. Bu hol davlatlarning funksiyalarida o`z ifodasini topganligi tabiiy holdir. Insoniyat bosib o`tgan asosiy davrlar dalat funksiyalarini tasniflash ularning muayyan mazmun va tizimini chuqurroq anglashga imkon beradi Quyida davlat funksiyalarini tasniflashga oid ikkita umumiy holatni ta`kidlab o`tmoq darkor ikkita a) Davlatning ichki va tashqi funksiyalari mavjudliga hamma olimlar tomonidan tan olinadi. Tashqi funksiyalar ko`pincha ichki funksiyalarning davomi bo`lib ulardan kelib chiqadi, ularni to`ldiradi, ayrim hollarda urush paytida ichki funksiyalar xam mamlakatni mudofaa qilishga xizmat qilishi tushunarlidir. b) Davlat taraqqiyotining barcha bosqich aholining hamma tabaqalari uchun tabaqalari uchun tegishli bo`lgan "umumiy ishlar" davlat funksiyasi mavjud etirof qilinmoqda 1[1][1] . Bu funksiya ilgari sinfiy hukmronlik, zo`rlik ishlatish quroli deb atalgan, quldorlik va feodal davlatlarida ham mavjud bo`lgan. Jamiyat rivojlanishining kapitalistik va hohirgi demokratik bosqichlarida barcha xozirgi ijtimoiy (sotsial) bazasi tubdan kengayib, aholining hamma guruhlarini o`z ichiga oladi, ya`ni ular sinf emas, balki butun xalq, millat manfaatiga xizmat qiladi. Umuman hamma funksiyalarga faqat sinfiy nuqtai nazardan qarash davlatning jamiyatdagi rolini kamaytiradi va xolisona bayon yetishga halaqit beradi. Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o`ringa ko`tarishga imkon bermaydi. Bu funksiyaga mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotnmi o`rnatish va muxofaza qilish, shu jumladan jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurash, butun millat, xalq manfaatlarini ko`zlab umumiy iqtisodiy , ijtimoiy-madaniy (g`oyaviy) ishlar olib borish, Sharqda esa, bulardan tashqari, sug`orish inshootlarining davlat yordami bilan bunyod etilishi kiritilishi mumkin. L.I.Spiridonov mazkur funksiyani Yanada keng ma`noda olib, uning umuman insonlarning hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilganligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, bu funksiya tarkibiga kishilarning hayoti, soglig`i va normal yashashi uchun zarur bo`lgan tabiiy sharoitlarni ta`minlash; ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni ta`minlash bilan bog`liq davlat faoliyati kiradi 2[2][2] . Umumiy ishlar davlatning bosh funksiyasi bo`lish imkoniyatiga ega. To`g`ri, 1[1][1] Спиридонов Л.И. Теория государства и права. Учебник Москва, 1995, 47-48-betлар. 2[2][2] СпиридоновЛ.И.Теория государства и права. Учебник, Москва, 1995, 47-48-betлар. mazkur ishlar hozirgi zamonda davlatning boshqa funksiyalari mazmunida ham mavjud va ular orqali ham amalga oshirilmoqda. Chunonchi, demokratik O`zbekiston Respublikasida davlatning barcha funksiyalari ayrim sinflar uchun emas, balki butun xalqimiz manfaatini ko`zlab amalga oshirilmoqda. Bunday natijaga uzoq rivojlanish oqibatida erishildi, albatta. Download 85.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling