Davlat funksiyalari
Feodal davlatlari ichki funksiyalarining ruui ularning tashqi faoliyatida
Download 85.27 Kb.
|
Referat mavzu davlat funksiyalari bajardi Bobojonov M-fayllar.org
Feodal davlatlari ichki funksiyalarining ruui ularning tashqi faoliyatida
uam yaqqol ko`zga tashlanadi. 1. Tabiiyki, feodal davlatlari ham o`z aholisi va hududlarini tashqi dushmanlardan himoya qilish funksiyasiga ega bo`lganlar va bunda xalq ommasini va barcha vositalarni mamlakatning mudofaasi manfaatlariga xizmat qildirganlar, bu kurashni uyushtirganlar. 2. O`z navbatida, har bir feodal davlati o`z hududini boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish funksiyasini keng ravishda amalga oshirib kelishgan. Feodal davlatlarning shu maqsadlarda olib borgan o`zaro urushlari, o`nlab mamlakatlarni bosib olish hollari tarixda juda ko`p bo`lgan va oqibatda bosqinchilik natijasida yirik imperiyalar vujudga kelgan. Markaziy Osiyoni avval greklar, arablar, so`ngra mo`g`ul va rus davlatlari tomonidan bosib olinishi bunga yaqqol misoldir. Bu urushlar tufayli faqat bizning mintaqamizda o`z vaqtida rivojlangan yuzlab davlatlar yo`q qilib yuborilgan va hozir ular tarix mulkiga aylangan. Feodal davlatlari funksiyalari ham o`zgarib, takomillashib borgan, ular o`z tarixining so`ngga bosqichida feodal mutlaq hukmronligini saqlab qolishga, shiddat bilan dunyoga kelayotgan burjua-kapitalistik kuchlarga va munosabatlarga qarshi kurashga xizmat qilgan. Burjuaziya va kapitalistik ijtimoiy munosabatlarning tarix maydoniga kirib kelishi umuman insoniyat taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davr qullik va krepostnoylikka barham berdi, hamma shaxsni rasman erkin va teng, deb e`lon qildi. Ozodlik, adolat, tenglik, umumiy saylov huquqi, parlament kabi tushuncha va shiorlar shu davrda paydo bo`lib, real voqelikka aylanishga qadam qo`ydi. Burjuaziya va kapitalistik munosabatlar XVII-XVIII asrlarda uzil-kesil shakllandi, davlat rivojlanishining mazkur bosqichida ham yollanma mehnat va xususiy mulk munosabatlari saqlanib qoldi. Shu munosabatlar burjua davlatlari funksiyalarining mohiyatini, mazmuni va tizimini belgilab beradi. Download 85.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling