Davlat fuqarolik xizmati to‘G‘risida


-modda. Intizomiy jazo choralarini qo‘llash muddatlari


Download 137.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana29.01.2023
Hajmi137.75 Kb.
#1140325
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
O‘RQ-788-сон 08.08.2022

48-modda. Intizomiy jazo choralarini qo‘llash muddatlari
Intizomiy jazo chorasi darhol, biroq intizomiy qilmish aniqlangan kundan e’tiboran bir oydan
kechiktirmay qo‘llaniladi.
Intizomiy jazo choralari:
davlat fuqarolik xizmatchisi vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan davrda;
davlat fuqarolik xizmatchisi ta’tilda yoki xizmat safarida bo‘lgan davrda;
davlat fuqarolik xizmatchisi favqulodda vaziyat yoki harbiy xizmatni o‘tashi bilan bog‘liq
bo‘lgan majburiyatlarni amalga oshirayotgan vaqtga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod
etilgan davrda;
davlat fuqarolik xizmatchisi qayta tayyorlashda, malaka oshirishda bo‘lgan va ta’lim olayotgan
davrda qo‘llanilishi mumkin emas.
Intizomiy jazo chorasini qo‘llash muddati ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda
tutilgan muddatlar o‘tguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Intizomiy jazo chorasi intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran olti oydan
kechiktirmay, taftish yoki moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga


ko‘ra esa — qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan muddatlarga jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish vaqti kiritilmaydi.
Intizomiy jazo chorasi jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi. Agar
mazkur muddat ichida davlat fuqarolik xizmatchisiga yangi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmagan
bo‘lsa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo chorasining muddati
davlat organi rahbarining tegishli qarori chiqarilmagan holda, avtomatik tarzda tugaydi.
Davlat organi rahbari intizomiy jazo chorasini o‘z tashabbusiga ko‘ra, davlat fuqarolik
xizmatchisining bevosita rahbarining, kasaba uyushmasining (mavjud bo‘lgan taqdirda)
iltimosnomasiga binoan, shuningdek davlat fuqarolik xizmatchisining iltimosiga ko‘ra muddatidan
ilgari olib tashlash huquqiga ega.

Download 137.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling