Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet112/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

2-masala.
Tadbirkor K. o’z beznesini yanada rivojlantirish uchun yangi asbob uskunalar sotib olish maqsadida bankdan kredit oldi. Kreditga olgan puliga o’zi uchun Lacetti avtomashinasi sotib oldi.
Savol:

  1. K.ning harakatlari qonuniymi?

  2. Bunday harakat tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning ijro etilishiga to’sqinlik qilishi mumkinmi?

  3. Ushbu holatda konstitutsiyaning qaysi normalari buzilishi holati yuzaga kelmoqda?

3-masala.
Fuqaro Z. tuman markazidagi xususiy oziq-ovqat do’konidan turli xil mahsulotlarni xarid qiladi. Olingan mahsulotlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirib bo’lgach, uyi tomon harakatlanayotganida do’kon soqchilari “Bizda qoida shunaqa” deya uni tintib ko’rishadi va puli to’lanmagan hech narsa topa olmagach yana qo’yib yuborishadi.
Savol:

  1. Do’kon ma’muriyati tomonidan belgilangan ushbu tartib qonuniymi?

  2. Fuqaro Z.ning qanday huquqlariga putur yetgan?

  3. Do’kon ma’muriyatining bunday harakatlari ustidan Z. qaysi organga murojaat qilishi mumkin?

4-masala.
Afg’oniston Islom Respublikasi fuqarosi bo’lgan A. ismli shaxs 2000 yilda Toshkent shahriga hizmat yuzasidan oilasi bilan ko’chib keladi. U 2012 yilga qadar tadbirkorlik bilan shug’ullanib keladi. 2012 yil CHilonzor tumani IIB tomonidan qo’shnisi bilan o’rtasida o’zaro nizo kelib chiqqanligi bois, unga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilib ish Jinoyat ishlari bo’yicha CHilonzor tuman sudiga yuboriladi. Sud jarayonida A.ga nisbatan qo’shimcha jazo sifatida tadbirkorlik faoliyatini to’xtashi va bunday harakatlar avval ham bir necha bor sodir bo’lganligini inobatga olib, shahardan chiqib ketishi lozimligini aytadi.
Savol:

  1. Ushbu vaziyatni konstituttsiyaning qanday normalari buzilmoqda?

  2. Mazkur vaziyatda Fuqaro A. qo’shimcha jazo sifatida shahardan chiqib ketishni talab qilish o’rinlimi?

  3. Mazkur vaziyatda Fuqaro A. o’z huquq va erkinliklarini qanday qonuniy asoslarga ko’ra himoya qilishi mumkin?

5-masala.
Fuqaro A. o’ziga tegishli bo’lgan yer uchastkasini fuqaro V.ga 35 ming AQSH dollariga sotib yubordi. Ushbu yer uchastkasining hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida davlat hokimiyati idoralari ushbu oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishga to’sqinlik qildi. Yer umumboylik sifatida uning erkin oldi-sotdi qilinishi taqiqlandi. A. esa ushbu yer uchastkasi mulk qilib berilganligini, unga nistaban mulk huquqi mavjud bo’lib, uni tasarruf etish huquqi ham mulk huquqining elementi sifatida unga tegishli ekanligini keltirib sudga murojaat qildi.
Savol:

  1. Ushbu vaziyatda davlat hokimiyati idorasining harakatlari qonuniymi?

  2. A.ning yer o’ziga tegishli bo’lgan uchastkasini tasarruf etishi qonuniymi?

  3. Fuqarolarning yerga bo’lgan mulk huquqi qanday elementlardan iborat?


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling