Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi konstitutsiyaviy huquq fanidan 1-kurs uchun Bilim sohasi: 400000 – Biznes,boshqaruv va huquq Ta’lim sohasi: 420000 – Huquq Ta’lim yo’nalishi: 60420100 Yurisprudentsiya faoliyat


Download 1.28 Mb.
bet115/232
Sana22.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1377190
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   232
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq Modul

2-masala.
Mirobod tumanida yashovchi fuqaro A. 2012 yil noyabrь oyida tuman hokimiyatiga murojat qilib farzand asrab olmoqchiligini aytadi. Tuman hokimiyati unga o’zi xaqidagi ma’lumotlarni berishi va ish joyidan ma’lumotnoma olib kelishligini so’raydi. Fuqaro A. aytilgan barcha hujjatlarni olib keladi, lekin hujjatlar ichida fuqaro A. qaerda ishlashi haqidagi ma’lumotnoma chiqmaydi. SHundan so’ng tuman hokimiyati xodimi unga hujjatlarida kamchiligi borligini aytib, agarda, u tegishli hujjatlarni 2 kun ichida olib kelmasa unga farzand berilmasligini aytadi.
Savol:

  1. Ushbu vaziyatda fuqaro A.ning qanday konstituttsiyaviy huquqlari buzilmoqda?

  2. Ushbu vaziyatda A.ning huquqlarini kafolatlovchi qonun hujjatlarini sanab bering.

  3. Mazkur vaziyatda tuman xokimiyati xodimi qanday huquqiy asosga ko’ra xarat qilganligini aniqlang?

  4. Mazkur vaziyatda Fuqaro A. o’zining qanday konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini qanday asoslarga ko’ra amalga oshiradi?

3-masala.
Fuqaro F. o’z oilasi bilan Uchtepa tumanidagi ko’p qavatli uyning 5-qavatida yashardi. Uning qari onasi shu ko’p qavatli uyning 6-qavatida yashardi. Onasi tuman sudiga murojat qilib o’g’li undan xabar olmayotganligidan shikoyat qiladi. Tuman sudi F.ni chaqirtirib unga onasining holidan xabar olib turishga majburligini aytadi. Fuqaro F. dam olish kuni oilasi bilan onasini ko’rgani uyiga kiradi. Onasi fuqaro F.ga uyini tamirlatishga 100 ming so’m yetmayotganligini aytadi va shu pulni berishini so’raydi. Lekin fuqaro F. onasiga so’ragan pulini bera olmasligini aytadi.
Savol:

  1. Ushbu vaziyatda konstituttsiyaviy huquqning qaysi normalari qo’pol ravishda buzilmoqda?

  2. Ushbu vaziyatdagi qanday huquqiy munosabatlar vujudga kelish asoslari va sub’ektlarini aniqlang.

  3. Ushbu holatda tuman sudining harakatlariga baho bering?

  4. F.ning xatti-harakatlari to’g’rimi? Buning huquqiy asoslarini sanab bering.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling